Germaniya Ukraina energetika infratuzilmasini ta’mirlaş uçun yana 65 million yevro ajratmoqda. 26 noyabr, seşanba kuni Germaniya Iqtisodiy işlar va iqlimni muhofaza qiliş vazirligi (BMWK) tomonidan xabar qilinganidek, mablağlar Ukraina energetikasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga tuşadi va Germaniya davlat taraqqiyot banki (KfW) orqali ötkaziladi.

Germaniya iqtisodiyot vaziri va hukmron koalitsiyadagi «Ittifoq 90»/«yaşillar» partiyasi hamraisi Robert Habekning sözlariga köra, uruşning uçinçi qişida energiya ta’minoti buzilişi Ukraina iqtisodiyoti va aholisi uçun halokatli oqibatlar bilan tahdid solmoqda. «Şuning uçun Ukrainani qöllab-quvvatlaş har qaçongidan ham muhimroq», dedi u.

Ta’mirlaş va yaşil ötiş uçun mablağlar

Mablağlar nafaqat vayron bölgan infratuzilmani ta’mirlaşni moliyalaştiriş, balki yaşil energiyaga ötiş böyiça loyihalarni ilgari suriş uçun ham möljallangan. Ular uzoq muddatda Ukraina energetika tizimining barqarorligini mustahkamlaşni közda tutadi, deya qayd etadi dpa agentligi.

Germaniyaning Ukraina energetikasini qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga qöşgan hissasi yil oxirigaça 360 million yevroga yetadi. Germaniya 2022 yil fevralidan beri 629 million yevro jalb etgan jamğarmaning eng yirik donori bölib qolmoqda.

Berlin Ukrainaga ikkita IRIS-T HHM tizimini yuboradi

26 noyabr kuni Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok yil oxirigaça Berlin Ukrainaga ikkita qöşimça IRIS-T havo mudofaa tizimini taqdim etişi haqida xabar berdi.

Hammasi bölib, 2024 yildan 2025 yilgaça Berlin Kiyevga 20 ta IRIS-T tizimini yetkazib berişni va’da qilgan — töqqiztasi SLM komplektatsiyasida va 11 tasi - SLS.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning sözlariga köra, 13 noyabr kuni u bilan telefon orqali suhbatda Germaniya kansleri Olaf Şols yetkazib berilişi rejalaştirilgan IRIS-T havo mudofaa tizimlarining oltinçisi 2024 yil oxirigaça Ukrainaga yetib kelişiga işontirgan.