Samarqand şahrida 28 noyabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirok etdi.

Boş vazir matbuot xizmati xabariga köra, keyingi yillarda viloyat iqtisodiyotini rivojlantiriş, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yaxşilaş, aholining ijtimoiy şaroitlarini yuksaltiriş borasida qator işlar amalga oşirilayotgani qayd etildi.

Sessiyada taşkiliy masala körildi. Özbekiston prezidentining tegişli farmoniga asosan Erkinjon Oqbötayeviç Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi.

Uning işdan ketişi «boşqa işga ötişi munosabati bilan» izohlangan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda u salomatligidagi muammolar tufayli işdan ketişi haqida xabar tarqalgandi. Uning keyingi lavozimi töğrisida hozirça rasmiy ma’lumot yöq.
Erkinjon Turdimov 1969 yil Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi böyiça iqtisodçi.
1991 yildan bank tizimida faoliyat boşlagan, 1995–1996 yillarda Zarafşon şahar hokimining iqtisodiyot masalalar böyiça örinbosari bölgan, 1996–2000 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Navoiy viloyat bölimi boşqaruvçisi sifatida işlagan.
2000–2008 yillarda Xatirçi tumaniga hokimlik qilgan. 2008 yilda bir muddat Qişloq va suv xöjaligi vazirining qişloqda iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan.
2008–2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi, 2016–2018 yillarda Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat körsatgan.
2018 yil 13 iyuldan boşlab Samarqand viloyati hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.
2006 yilda «Mehnat şuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.










