Rossiyaning keng kölamli hujumi boşidan beri Ukraina 60 mingdan 100 minggaça harbiy xizmatçini yöqotgan bölişi mumkin. Bu haqda The Economist 27 noyabr, çorşanba kuni Ğarb razvedkasi ma’lumotlari, AQŞ ma’muriyati rasmiylarining bayonotlari va oçiq manbalar ma’lumotlariga tayanib yozadi. Naşrga köra, yana 400 mingga yaqin ukrainalik askarlar xizmatga qaytişlariga imkon bermaydigan jarohat olgan.
«Uşbu xabarlarni mustaqil ravişda tekşiriş qiyin va yöqolgan va ölgan deb taxmin qilingan askarlar har doim ham bu ma’lumotlarga kiritilmaydi», deyiladi materialda. The Economist tinç aholi qurbonlari sonini «ön minglab» deb hisoblab, tinç aholi ölimi haqida harbiy xizmatçilarga qaraganda kamroq ma’lumot borligini ta’kidlaydi.
Rossiyaning uruşdagi yöqotişlari böyiça, 2024 yil iyul oyida naşr etilgan The Economist bahosiga köra, 21 iyun holati böyiça 106 mingdan 140 minggaça rus askari halok bölgan. Naşrning ta’kidlaşiça, Ukraina yöqotişlari haqidagi ma’lumotlarni yiğiş qiyinroq, çunki ittifoqçilar «hisob-kitoblarni taqdim etişni istamaydilar».
Şu bilan birga, jurnalistlarning ta’kidlaşiça, har ikki tomondan janglarda halok bölganlar soni AQŞning Ikkinçi Jahon uruşidagi yöqotişlariga yaqinlaşmoqda va Rossiyaning yöqotişlari 1945 yildan beri barça qurolli mojarolarda körgan yöqotişlaridan köp.
NATO: Rossiya Ukrainada kuniga taxminan 1270 kişini yöqotmoqda
Ukrainadagi jang maydonida Rossiya armiyasidan sentabr oyida har kuni örtaça 1271 kişi halok böldi va yaralandi. 17 oktyabr kuni mudofaa vazirlari yiğilişi çoğida Bryusselda ötkazilgan brifingda Şimoliy Atlantika alyansining yuqori martabali amaldori şunday ma’lumotlarni taqdim etdi.
Bu Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri eng yuqori körsatkiç: may oyida NATO bu borada 1000 qurbon va yaradorlar sonini keltirgan edi. Rasmiy, şuningdek, alyans prognozlariga köra, Rossiyadan bunday yöqotişlar 2024 yil oxirigaça davom etişini ta’kidladi. U Rossiya yöqotişlarining köpayişini hozir nafaqat Xarkiv, balki Kursk oblastida ham şiddatli janglar olib borilayotgani, umuman olganda, butun front çiziği böylab janglar avj olgani bilan boğladi.
Şu bilan birga, Rossiyada uruşga yollaş qizğin sur’atda davom etmoqda: oyiga taxminan 30 ming kişi, deya ma’lum qildi rasmiy, buning natijasida rus qöşinlari şu paytgaça inson resurslarini töldirişga muvaffaq bölişdi, ammo katta yutuq uçun ularga safarbarlikning yangi tölqini kerak böladi.


















