3 dekabr kuni Inson huquqlari böyiça Özbekiston milliy markazi axborot-resurs markazi negizida Inson huquqlari uyining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötadi, deb xabar berdi Gazeta.uz.

Xabarda ta’kidlanişiça, yangi ma’rifat markazi prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan.

«Inson huquqlari uyi» — inson huquqlari böyiça faoliyatni kuçaytirişni qöllab-quvvatlaş maqsadida yaratilgan ixtisoslaştirilgan platforma, ya’ni «inson huquqlari ma’rifati maydoni». Bu yerda, jumladan, inson huquqlari böyiça xalqaro va milliy hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar, şarhlar va tahliliy hisobotlarning zamonaviy kutubxonasi şakllantiriladi.

Oçiliş marosimi ikki muhim sana — 8 dekabr — Özbekiston Konstitutsiyasi kuni va 10 dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni doirasida taşkil etildi.

Taqdimotda 100 ga yaqin kişi, jumladan, faoliyati inson huquqlarini himoya qiliş bilan boğliq bölgan xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar vakillari iştirok etadi.