Prognozlarga köra, oyning birinçi ön kunligida Özbekiston hududi böyiça harorat tartibi örtaça köp yillik qiymatlarga yaqin böladi. Havo harorati asosan keçalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, ba’zi joylarda 10 darajagaça iliq, şimolda keçalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida bölişi kutilmoqda.

1 dekabrda respublika böyiça ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, ayrim joylarda qorga aylanişi mumkin) böladi. 2 dekabrda ayrim toğli hududlarda bir oz qor yoğişi kutilmoqda.

Keyinçalik deyarli birinçi ön kunlikning oxirigaça (3—8 dekabr) Özbekiston hududi böyiça asosan quruq ob-havo kuzatiladi va faqat ön kunlik oxirida (9—10 dekabr) respublika böyiça ba’zi joylarda yoğingarçilik bölişi mumkin.

Dekabr oyining ikkinçi va uçinçi ön kunliklarida harorat keçalari 0-5 daraja sovuqdan 2-7 daraja iliqqaça, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqaça özgarib turadi, oy oxirida harorat keçalari 5-10 daraja sovuqqaça, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqaça pasayadi.

Şimolda harorat keçalari 8-13 daraja sovuqdan, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqdan 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqaça, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqaça özgarib turadi.