Özbekistonning BAAdagi elçixonasi Özbekiston fuqarolari amirliklar hududiga kiritilmayotgani yuzasidan ma’lumot berdi.

Joriy yil 30 noyabr kuni Abu Dabi şahridagi Şayx Zoid nomidagi xalqaro aeroportga Toşkent—Abu-Dabi yönalişi böyiça Wizz Air aviaqatnovi orqali uçib kelgan 31 nafar Özbekiston fuqarosi noma’lum sabablarga köra amirliklar hududiga kiritilmagan.

Qayd etilişiça, Özbekistonning Abu Dabidagi elçixonasi va Dubaydagi Boş konsulxonasi mazkur aeroport ma’muriyati hamda amirliklarning mutasaddi idoralari vakillari bilan muloqotda bölib, vaziyatni nazoratga olgan.

«Aeroport ma’muriyati bilan hamkorlikda hamyurtlarimizni uç mahal ovqat bilan ta’minlaş hamda ularga zarur hollarda tibbiy yordam körsatiş çoralari taşkil etildi. Yuzaga kelgan vaziyatni hal etiş böyiça barça çora-tadbirlar körilmoqda», — deyiladi xabarda.

Gazeta.uz naşri suhbatlaşgan Şayx Zoid aeroportidagi fuqarolardan birining aytişiça, ayollar, bolalar va keksalar qöyib yuborilgan, 20 dan 40 yoşgaça bölgan erkaklar mamlakatdan çiqarib yuborilişi mumkin. Ularning heç biriga bu kabi harakatlar nima sababdan amalga oşirilayotgani yuzasidan izoh berilmagan. 

«Uçib kelişimiz bilan pasport nazoratida bizni şunçaki çetga tortib, heç qanday tuşuntirişlarsiz pasportlarimizni olib qöyişni boşlaşdi. Biz qandaydir ma’lumot berişlarini kutib ötirdik. Keyin birma-bir çaqirib, nima maqsadda, qança kunga kelganimizni söray boşlaşdi, telefon raqamlarimizni olişdi va savollarimizga javob bermagan holda yana ortga çiqarib yuborişdi. Şunday qilib, 15 soat ötirdik», — deydi naşr suhbatdoşlaridan biri.