Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonunlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Qonun bilan Özbekiston Qurolli Kuçlarida va huquqni muhofaza qiluvçi organlarda xizmatni ötaş bilan boğliq çeklovlar belgilaşni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda. 

Jumladan, harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga, öz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik şaxslarning manfaatlarini közlab bajariş yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovğalar olişga, qonunçilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan öz xizmat mavqeyi bilan boğliq holda foydalanişga doir taqiqlar belgilanmoqda.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy ötgaç kuçga kiradi.