Yiğilişda toğ-kon sanoati va geologiya vaziri hamda kombinatlar rahbarlari iqtisodiy samaradorlikni oşirib boriş, tarmoq korxonalarini jahon moliya bozorida jozibador kompaniyalarga aylantiriş rejalari böyiça axborot berdi.
Qayd qilinişiça, 2025 yilda toğ-kon va geologiya sohasidagi loyihalarga 1 milliard dollar investitsiya jalb qiliş közda tutilmoqda. Kaolin işlab çiqarişni 50 foiz oşiriş, kömir qazib olişni 10 million tonnaga yetkaziş möljallanmoqda.
Navoiy toğ-metallurgiya kombinati bu yil ilk bor xalqaro bozorda yevrobond joylaştirib, 1 milliard dollar arzon resurs jalb qildi. Kelgusi yil yana 500 million dollar yevrobond çiqariş rejalaştirilgan.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida mis boyitiş böyiça uçinçi fabrika hamda Özbekiston metallurgiya kombinatida yangi quyuv prokatlaş majmuasi işga tuşiriladi. Özbekiston texnologik metallar kombinatida «yaşil iqtisodiyot» uçun muhim bölgan noyob metallar xomaşyosi kengaytiriladi.
Davlat rahbari kelgusi yilda kombinatlar transformatsiya orqali dunyo bozorida raqobatdoşligini oşiriş böyiça katta özgariş qilişi zarurligini ta’kidladi.
Bunda tannarxni tuşiriş, faoliyatni töliq raqamlaştiriş, xalqaro bozorlardan mablağ olib keliş, yangi texnologiyalarni joriy qilib, iş jarayonini avtomatlaştiriş eng muhim vazifalar ekani körsatib ötildi.
Korxonalar jahondagi özgarişlarga tez moslaşib, yangi taşabbuslar körsatişi zarurligi aytildi. Tejamkorlik va samaradorlik tamoyili asosida xarajatlarni kamaytiriş, sanoat tarmoqlarini xomaşyo bilan uzluksiz ta’minlaş çoralari belgilandi.












