Afğonistonda «Turkmaniston – Afğoniston – Pokiston – Hindiston» (TAPI) gaz quvuri qurilişi boşlandi. Bu haqda «Tolibon» rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid ma’lum qildi, deb xabar berdi ArianaNews.

Mujohid sözlariga köra, loyihani amalga oşiriş uçun zarur bölgan texnik jihozlar Afğoniston va Turkmaniston örtasidagi çegara zonasiga yetkazilgan va amaliy işlar boşlab yuborilgan.

«Uşbu loyihaning turli bölimlari ustida köplab mutaxassislar işlamoqda, uning birinçi bosqiçi yaqin ikki yilda yakunlanadi», dedi Mujohid.

Mutaxassislarning fikriça, TAPI mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirişda muhim örin tutadi. Xususan, uning qurilişi tugallangaç, 12 ming kişi iş bilan ta’minlanadi, mamlakatning yillik daromadi 1 milliard dollarga oşadi.

TAPI - «Turkmaniston — Afğoniston — Pokiston — Hindiston» gaz quvurini quriş loyihasi. Uning uzunligi 1840 km böladi. Loyiha turkman gazini Afğoniston orqali Pokiston va Hindiston bozorlariga yetkazilişini nazarda tutadi. Turkmaniston hududida 214 km uzunlikdagi uçastkaning qurilişi allaqaçon yakunlangan. Keyingi vazifa Afğoniston orqali quvurlarni yotqizişdir. Loyihaning umumiy qiymati 10 milliard dollarga baholanmoqda.