AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari Rustem Umerov bilan suhbatlaşdi. Pentagon matbuot kotibi Pet Rayderning 2 dekabr, duşanba kuni bölib ötgan brifingda ma’lum qilişiça, muhokama mavzusi jang maydonidagi vaziyat rivoji, şuningdek, Amerikaning Ukrainaga xavfsizlik böyiça yordami bölgan.
Rayderning ta’kidlaşiça, Vaşington Kiyevga «Ukrainaning jang maydonidagi eng muhim ehtiyojlarini, jumladan havo mudofaasi, raketa tizimlari, artilleriya va tankka qarşi qurollarni qöllab-quvvatlaş uçun muhim imkoniyatlarni öz içiga olgan qöşimça xavfsizlik yordamini» taqdim etadi.
Pentagon saytidagi press-relizda qayd etilişiça, Ostin Umerov bilan suhbat çoğida «Rossiyaning yaqinda Ukraina fuqarolik infratuzilmasini nişonga olgan raketalar va uçuvçisiz uçiş apparatlari, örta masofaga möljallangan ballistik raketa («Oreşnik»)dan foydalanişini qoralagan, bu Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi yanada kuçayişini körsatdi».
AQŞ Kiyevga dronga qarşi tizimlar va HIMARS uçun raketalarni yuboradi
Vaşington Ukrainaga 725 million dollarlik yangi harbiy yordam paketiga uçuvçisiz havo vositalariga qarşi kuraş tizimlari va HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun öq-dorilarni kiritiş niyatida. Bu haqda 2 dekabr kuni AQŞ ma’muriyatidagi manbalarga tayanib, AP agentligi xabar berdi.
Agentlikning ikki suhbatdoşi HIMARS uçun öq-dorilar uzoq masofali ATACMS raketalarimi yoki boşqami, şu masalaga aniqlik kiritmadi. Kiyev Rossiya hududidagi nişonlarga zarba bera oladigan qöşimça raketalarni qidirmoqda.
AP xabariga köra, Amerika yordam paketiga piyodalarga qarşi minalar ham kiradi, ular yordamida Ukraina Rossiya qöşinlarining Kursk oblastida oldinga siljişiga tösqinlik qilişga umid qilmoqda.
Bir neça kun oldin Reuters agentligi AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga 725 million dollarlik harbiy yordam paketini tayyorlayotgani haqida xabar bergan edi, bu paketga AQŞ omboridagi tankka qarşi qurollar, minalar, dronlar, köçma Stinger ZRK uçun snaryadlar va HIMARS YaÖRT uçun öq-dorilar kiradi. Bularning barçasi Ukraina Qurolli kuçlariga Rossiyaning Ukraina şarqida sönggi oylarda kuçaygan hujumini uşlab turişda yordam berişi kerak.













