3 dekabr kuni Janubiy Koreya Milliy assambleyasi (parlamenti) binosini qurşab olgan va içiga kirgan harbiylar binoni tark eta boşladi. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi.

Deputatlar mamlakatda harbiy holatni bekor qiliş töğrisidagi rezolyutsiyani qabul qilganidan keyin harbiylar binodan çiqib ketgani ta’kidlanmoqda.

Şunga qaramay, ayrim harbiylar hamon parlament binosi yaqinida navbatçilikni davom ettirmoqda, deb qayd etdi telekanal.

Avvalroq, prezident Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holatni e’lon qilganidan söng, harbiylar bu qarorni ta’minlaş uçun parlament binosiga kirgan edi.

Harbiy holat Janubiy Koreyada 1980 yildan beri birinçi marta e’lon qilindi. Unga köra, mamlakatda har qanday siyosiy faoliyat taqiqlanadi, siyosiy partiyalar faoliyati töxtatiladi, barça ommaviy axborot vositalari davlat nazorati ostida böladi.

Şunga qaramay, 300 deputatdan 190 nafari harbiylar tomonidan qurşovga olingan Milliy assambleya binosiga kirib, prezident qarorini bekor qilişni yoqlab ovoz berdi. Parlament qarori kuçga kiradimi yoki yöqmi, hozirça noma’lum.