Kongo Demokratik Respublikasining janubi-ğarbiy provinsiyasida 143 kişi noma’lum kasallik oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi Reuters.
Kvango provinsiyasi gubernatori örinbosari Remi Saki va mahalliy Soğliqni saqlaş vazirligi rahbari Apolliner Yumbaning ma’lum qilişiça, kasallikka çalinganlarda gripp belgilari, jumladan, tana haroratining kötarilişi va kuçli boş oğriği kuzatilmoqda.
Ta’kidlanişiça, kasallik turini aniqlaş uçun hududga namunalar oliş maqsadida şifokorlar brigadasi yuborilgan. Şu bilan birga, kasallaniş holatlari ösişda davom etayotgani aytildi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, BMT vaziyatdan xavotirda va mamlakat hukumati bilan birga kasallikni örganiş ustida iş olib bormoqda.
Mahalliy epidemiologlarning qayd etişiça, kasallikdan asosan ayollar va bolalar jabr körmoqda.
Oktyabr boşlarida Kongo Demokratik Respublikasida joriy yil boşidan beri 30 mingdan ortiq insonda Mpox (maymunçeçak) kasalligi aniqlangani töğrisida xabar berilgandi. Öşanda Mpox oqibatida yuzaga kelayotgan ölim holatlari asosan bolalarda kuzatilayotgani, beş yoşgaça bölganlar guruhi umumiy ölim holatlarining 70 foizini taşkil etayotgani ma’lum qilingan edi.












