Rossiyaning Novorossiysk port şahrida 4 dekabr, çorşanbaga ötar keçasi bir neçta portlaşlar sodir böldi. Bu haqda mahalliy OAV şahar aholisiga tayanib xabar berdi.

«Jivaya Kuban» internet naşrining yozişiça, «portlaş ovozi Borisovkada, Vidova köçasida, Tsemdolina qişloğida, Mefodiyevka rayonida, 8-hududda eşitilgan». «Fuqarolarning aytişiça, ular kuçli portlaşni jismonan his qilişgan: köpçilikning uyi silkingan, xususan, birinçi liniyada, kimdir hatto krovati silkinganini sezgan», — deyiladi naşrda.

93.ru internet naşri Novorossiyskka dron hujumi xavfi haqida yozmoqda. «Soat 01.37 da xavf haqidagi ma’lumotni öz pabligida Novorossiysk rahbari örinbosari Aleksandr Yamenskov tasdiqladi», — deb ta’kidlaydi «Bloknot» internet naşri.

Öz navbatida, şahar meri Andrey Kravçenko yarim tunda Telegram orqali Novorossiysk aholisini oçiq maydonlarda bölmaslik, xotirjamlikni saqlaş va xavfsiz joylarda bölişga çaqirdi. «Novorossiyskda havo mudofaasi işlamoqda», «barça xizmatlar şay holatga keltirildi», — deyiladi uning xabarida.

Novorossiyskka uçuvçisiz uçoqlar hujumining oqibatlari haqida xabar berilmagan.