Uzbekistan Airports AJ Toşkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo şaroiti (tuman) tufayli havo kemalarini qabul qilişga çeklovlar joriy etilganini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, Samarqanddagi muqobil aerodromga quyidagi reyslar yönaltirilgan:
- Silk Avia aviakompaniyasining Farğona — Toşkent yönalişi böyiça US402;
- Uzbekistan Airports aviakompaniyasining Bişkek — Toşkent yönalişi böyiça HY778;
- UTair aviakompaniyasining Surgut — Toşkent yönalişi böyiça UTA-709;
- Centrum Air aviakompaniyasining Dubay — Toşkent yönalişi böyiça MFX-352.
Şuningdek, Uzbekistan Airports aviakompaniyasining Grozniy — Toşkent yönalişi böyiça HY9702 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yönaltirilgan.
Eslatib ötamiz, 25 noyabr kuni Farğona aeroportida havo kemalarini qabul qilişga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilgandi. Öşanda Uzbekistan Airports aviakompaniyasining Istanbul — Farğona yönalişidagi reysi Namangan muqobil aeroportiga yönaltirilgan.












