Janubiy Koreya prezidenti böliş dunyodagi eng tavakalli işlardan biri. Yöq, hazil emas, rostdan şunaqa. Siz «Möjiza sodir bölmaydi» degan buyuk kitobni yozgan, Seulni obod qilgan Li Myon Bak bölsangiz ham, işdan ketgaç qamalişingiz mumkin. Yoki Koreya tarixidagi yagona ayol prezident ekaningiz ham sizni qamoqdan saqlab qololmaydi. Bejizga emas. «Jumong» filmidagi koreyslar öylab topilmagan, ular çindan juda qiziqqon xalq böladi va xatolarni keçirmaydi.

Koreyaning qaysi prezidentiga qarasangiz, yo işdan haydalgan yoki özi iste’fo söragan; yo qamalgan yoki impiçmentga aralaşgan. Heç bölmasa işdan ketganidan keyin mahkamaga tortilgan. Mun Çe In kabi eson-omon işdan ketganlar esa barmoq bilan sanarli. Katta ehtimol, hozirgi prezident Yun Sok Yolni ham şunday taqdir kutmoqda. Bu inson, aftidan, qattiq asabiylaşiş ta’sirida juda ğalati qaror qabul qildi.

Prezident parlamentga qarşi

Janubiy Koreya prezidentlik respublikasi bölsa-da, parlamentning davlat boşqaruvida ta’siri juda katta. Qaysidir ma’noda bu borada Seuldagi boşqaruv AQŞdagiga öxşab ketadi. Prezident partiyasi parlamentda köpçilikni taşkil qilmasa, davlat bir yerda depsinib turaveradi. Koreyada hozir şunaqa holat, parlamentda prezident partiyasida köpçilik yöq. U parlament çiqargan qonunlarni qabul qilmaydi, öz navbatida prezidentga muxolif bölgan partiya prezident taşabbuslarini qöllamaydi.

Şu tariqa Koreyada prezident va parlament örtasida taqsimlangan hukumatda vaziyat ajraşiş ostonasidagi er-xotin holatini eslatayotgandi. Nihoyat, tomonlardan biri «yorildi».

Prezident Yol Koreyada harbiy holat e’lon qildi. Harbiy komendaturaga bir generalni rahbar etib tayinladi, barça siyosiy faoliyatni çekladi va OAV uçun senzura e’lon qildi. Hatto Seul köçalarida tanklar yura boşladi. Parlamentda köpçilikka ega bölmagan prezident uçun bu iş öz oyoğiga bolta uriş hisoblanadi. Parlament deputatlari tunda bölsa ham parlament binosiga amallab kirib, harbiy holatni bekor qildi. Amaldagi prezident qarori uning partiyasida ham qabul qilinmadi. Şu tariqa harbiy holat bekor böldi.

Qiziği, prezident mamlakatda harbiy holat e’lon qilinişining sababini Şimoliy Koreyadan kelayotgan xavf bilan boğladi. Uning sözlaridan kelib çiqadiki, parlamentda Şimolni qöllaydigan kuçlar paydo bölgan. Lekin bu gapiga asos keltirmagan, bunga işoniş ham qiyin.

Endi parlament prezident özi iste’foga çiqmasa, unga qarşi impiçment e’lon qilinişi bilan tahdid qilmoqda. Tongga borib prezident ma’muriyati töliq tarkibda iste’foga çiqdi. Prezident parlament va muxolifatga şunçalik jiddiy ayblovlar qöydiki, endi prezidentlikka qaytişi imkonsiz masala. U eng yaxşi holatda impiçment yoki iste’fo bilan qutulib qolişi mumkin. Eng yomon holatda esa qamaladi. Axir uni davlatga xiyonatda ayblaşmoqda!