Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga yanada sovuq havo massalari kirib keladi
Kelgusi hafta boshida harorat kechasi -5...-10, (Toshkentda -6...-8), shimolda -13...-18 darajagacha pasayishi kutilmoqda.
O‘zbekiston bo‘yicha 6-8 dekabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublika shimolida ertaga 7 dekabr kuni ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.
O‘zgidromet xabariga ko‘ra, havo harorati kechalari asosan -3...+2, kunduz kunlari +2...+7, shimolda kechalari -3...-8, kunduz kunlari -2...+3 daraja bo‘ladi.
8 dekabrda respublika hududiga shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Havo harorati 8 dekabrda kechasi va kunduzi 0...-5, shimolda kechasi -5...-10, kunduzi -2...-7 darajani tashkil etadi. 8 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi jylarga tuman tushadi.
Poytaxtda: 6-7 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari asosan -1...+1, kunduz kunlari +2...+5 daraja bo‘ladi.
8 dekabrda kuchsiz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi -2...-4 daraja bo‘ladi.
Kelgusi haftaning boshida O‘zbekiston bo‘yicha harorat kechalari -5...-10, (Toshkentda -6...-8), shimolda -13...-18 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat deyarli o‘zgarmaydi.