Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan «Hay’at Tahrir aş-Şom» boşçiligidagi isyonçilar koalitsiyasi Başar Asad hukumati kuçlariga qarşi hujum boşlagan Suriyadagi vaziyatga izoh berdi.

U isyonçilar Idlib, Halab va Hama şaharlarini egallagan harbiy operatsiyani «muxolifat yurişi» sifatida ta’rifladi.

«Idlib, Hama, Homs va, albatta, maqsad Damaşq. Muxolifatçilarning yurişi davom etmoqda. Umid qilamizki, Suriyadagi bu yuriş muammolarsiz davom etadi», — deydi Erdöğan.

Turkiya yetakçisi, şuningdek, u Suriya prezidenti Başar Asadga vaziyatni tartibga soliş böyyiça murojaat qilgani, ammo «ijobiy javob» olmaganini qöşimça qildi.

«Biz Asadga qönğiroq qildik. "Keling, Suriya kelajagini birgalikda belgilab olaylik", dedik. Afsuski, bu masalada ijobiy javob olmadik», — deydi Erdöğan.

27 noyabr kuni isyonçi guruhlarning «Hay’at Tahrir aş-Şom» boşçiligidagi koalitsiyasi Suriyada Başar Asad hukumati nazorati ostidagi hududlarga yuriş boşladi. Uç kun içida ular Halabni egallagani ma’lum böldi. 5 dekabr kuni isyonçilar Hama şahriga kirib, hukumat qöşinlarini siqib çiqardi.

Bu sönggi tört yil içida mintaqada yuz berayotgan birinçi yirik mojaro — 2020 yilda Asad qöşinlari va isyonçi guruhlar Rossiya hamda Turkiya vositaçiligida öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişgandi. Suriyada 2011 yildan beri davom etayotgan fuqarolik uruşida Rossiya Başar Asadni, Turkiya esa muxolifat guruhlarni qöllab-quvvatlamoqda.