Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ekspertlari Kvango provinsiyasida 30 kişining ölimiga sababçi bölgan noma’lum kasallik sababini aniqlaşda Kongo Demokratik Respublikasiga (KDR) yordam körsatmoqda. 

Qayd etilişiça, taşkilot KDR soğliqni saqlaş organlariga mamlakat janubi-ğarbidagi Kvango provinsiyasi, Panzi aholi punktida tarqalgan va hozirga qadar taşxisi qöyilmagan kasallik turini aniqlaş uçun öz ekspertlarini yuboradi.

JSSTning mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligiga tayanib xabar berişiça, Panzi tibbiy-sanitariya zonasida hozirga qadar 394 kişida uşbu kasallik aniqlangan va 30 kişi vafot etgan. Avvalroq Kongo Demokratik Respublikasida tarqalgan noma’lum kasallik 143 kişining umriga zomin bölgani töğrisida xabar berilgandi. Kasallik belgilari — boş oğriği, yötal, istima, nafas olişning qiyinlaşuvi va anemiya.

Panziga yöl oladigan mutaxassislar tarkibidan epidemiologlar, lobarantlar, yuqumli kasalliklar profilaktikasi va nazorati böyiça ekspertlar örin oladi. 

«Bizning ustuvor vazifamiz jabr körgan oilalar va jamoalarga yordam körsatişdan iborat. Kasallik sababini aniqlaş uçun barça sa’y-harakatlar körilmoqda», — deydi JSSTning Afrika mintaqasi böyiça direktori Matşidiso Moeti.

Oktyabr boşlarida Kongo Demokratik Respublikasida joriy yil boşidan beri 30 mingdan ortiq insonda Mpox (maymunçeçak) kasalligi aniqlangani töğrisida xabar berilgandi. Öşanda Mpox oqibatida yuzaga kelayotgan ölim holatlari asosan bolalarda kuzatilayotgani, beş yoşgaça bölganlar guruhi umumiy ölim holatlarining 70 foizini taşkil etayotgani ma’lum qilingan edi.