Suriya şimolida mamlakat prezidenti Başar Asad qöşinlariga qarşi hujumlarini davom ettirayotgan radikal «Hay’at Tahrir aş-Şom» (Hş) guruhi boşçiligidagi alyans Damaşq va Halabdan keyin yirikligi böyiça uçinçi örinda turadigan Homs şahriga yaqinlaşdi. Bu haqda 6 dekabr, juma kuni Suriya inson huquqlari observatoriyasiga (SOHR) tayanib, AFP xabar berdi. Hş yetakçisi Abu Muhammad al-Jolaniy jangarilarning maqsadi Asadni ağdariş ekanini tasdiqladi, deyiladi xabarda.
Homsga ketayotib, isyonçilar Rastan va Talbisaga kirişdi. SOHR ma’lumotlariga köra, bu ikki kiçik şaharçada hukumat qöşinlarining «butunlay yöqligi» kuzatilgan.
Asad Homsni boy bermaslikka harakat qiladi
Suriya Mudofaa vazirligi, öz navbatida, uning askarlari Hama viloyatidagi isyonçilarning «avtomobillari va yiğiliş joyi» tomon öq uzganini aytdi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga köra, artilleriya, raketalar, şuningdek, «Suriya va Rossiya qiruvçi samolyotlari» işlatilgan. Bundan taşqari, Asad armiyasi Homsga qöşimça kuçlar yuborgan, deyiladi xabarda.
Homsning egallanişi Damaşqni Asadning tayançi bölgan va uning ittifoqçisi - RF - dengiz va havo bazasiga ega bölgan qirğoq mintaqasidan uzib qöyişi mumkin», deb tuşuntirdi Reuters avvalroq. «Asad endi boşqa heç narsani yöqotişga haqqi yöq. Agar Homs qulasa, rejim ham özgarişi mumkin», deb aytdi Syria Report muharriri Jihad Yazigu.
Isyonçilar Suriya janubi-ğarbidagi Dara şahrini egalladi
Suriya hukumati jangarilar uçun ramziy ahamiyatga ega bölgan Dara şahri, şuningdek, xuddi şu nomdagi viloyatning aksariyat qismi ustidan nazoratni qöldan çiqardi. Bu haqda 7 dekabr kuni Suriya inson huquqlari observatoriyasiga (SOHR) tayanib, AFP xabar berdi.
«Mahalliy guruhlar Dara viloyatidagi hududlarni, şu jumladan Dara şahrini ham nazorat ostiga oldi. Hozirda ular viloyatning 90 foizdan ortiğini nazorat qilmoqda, rejim kuçlari asta-sekin qöşinlarni olib çiqib ketmoqda», — deb xabar berdi SOHR. Taşkilotga köra, guruhlar kunning boşida Iordaniya bilan çegaradagi Nassib-Jabir nazorat-ötkaziş punktini egallab olgan. Iordaniya tomonida bu nazorat-ötkaziş punkti allaqaçon yopilgan, deb xabar bermoqda AFP mamlakat taşqi işlar vazirligiga tayanib.
Suriyada fuqarolar uruşi avj olgan bir paytda Iordaniya va AQŞ hukumatlari öz fuqarolarini imkon qadar tezroq mamlakatni tark etişga çaqirdi.












