Germaniya kansleri Olaf Şols 2024 yilning «anti-erkagi» deb tan olindi. Sörov nemis ayollari örtasida qaysi maşhur erkaklar köproq esda qolganini aniqlaş maqsadida ötkazildi.
Deutche Welle naşrining qayd qilişiça, şu yil futbolçilik faoliyatini yakunlagan «Real Madrid» va «Bavariya» klublarining sobiq futbolçisi Toni Kroos köpçilik ayollarning xayrixohligiga erişdi. Sörovda iştirok etganlarning 17 foizi uni yilning eng yaxşi erkagi deb tan oldi. Ikkinçi örinda basketbolçi Dennis Şryoder, uçinçi örinda Germaniya futbol terma jamoasi boş murabbiyi Yulian Nagelsman qayd etildi.
Eng maşhur erkaklar öntaligiga biror siyosatçi kirolmadi. Ammo muqobil röyxatda - «yilning anti-erkaklari» reytingida birinçi örinni siyosatçilar egalladi. Xususan, nemis ayollari bu yil kansler Olaf Şolsni hammadan köra köproq yomon kördi. Sörov iştirokçilarining 1/3 qismidan köproği undan norozi böldi. Ikkinçi örinda Iqtisodiyot vaziri Robert Xabek, uçinçi örinda esa yaqinda işdan böşatilgan moliya vaziri Kristian Lindner qayd etildi.












