Putin «Oreşnik» bilan Ukraina va Ğarbni qörqitişda bardavom: u qanday qurol özi?
|18:49 / 09.12.202436 33619 min
Rossiyaning yangi deyilayotgan raketasi haqida nimalarni biliş muhim: u çindan ham qörqinçli qurolmi? Bu qurol işga solingaç yadroviy uruşga yaqinlaşdikmi? «Meduza» Kreml tahdidlari va ular yuzaga keltirgan xavflar borasida tahlil ötkazdi.
Foto: Andrey Smirnov / AFP / Scanpix / LETA
Strategik ballistik raketa tarixda ilk bor haqiqiy nişonga qarşi qöllanganidan buyon ikki hafta ötdi. Şundan beri Rossiya va Ukraina örtasida raketalar bilan zarba almaşiş va «verbal intervensiyalar» töxtadi. «Sönggi söz» Ukraina qurolli kuçlari tomonida qoldi: 25 noyabrda ular ATACMS raketalari bilan Kursk aeroporti atrofini nişonga oldi. Rossiya mudofaa vazirligi «javob çoralari tayyorlanmoqda», deb xabar berdi.
Biroq, Vladimir Putin tomonidan va’da qilingan qöşimça örta masofali ballistik raketalardan foydalaniş örniga, 28 noyabr kuni Ukrainadagi nişonlarga qarşi «oddiy» dronlar va «an’anaviy» raketalar bilan qöşma zarba berildi. Şu vaqtdan beri qarşi tomonlar eskalatsiyani kuçaytirişi mumkin bölgan hujumlardan tiyilişmoqda.
Bu Ukraina yoki Ğarb yangi Rossiya qurolidan qörqib qolganini anglatadimi? Nega Rossiya Ukrainaga qarşi strategik raketalarni yana qöllamayapti? Bu qurol aslida nima? Yadroviy kallaklarsiz ham bu raketalar «oddiy» raketalardan ança xavflimi?
Rossiya Ukrainaga qarşi aynan qaysi raketani işlatdi?
Bu borada işonçli ma’lumot yöq. Vladimir Putin yangi qurolni «Oreşnik» deb atadi va unga ajoyib xususiyatlarini sanadi:
Bu örta masofaga möljallangan strategik raketa bölib, u yadroviy zaryadga ega emas.
Raketa kallagi zarar yetkazuvçi portlovçi moddalarga ega emas, möljalni (jumladan, yer ostida joylaşgan bunkerlarni) «meteoritdek», kinetik energiya yordamida yöq qiladi.
Raketa va uning kallaklarnini urib tuşirib bölmaydi, çunki ular 10 MAX tezlikda nişonga uriladi.
Yuqoridagi xususiyatlardan birginasi aniq: Dniprodagi «Pivdenmaş» zavodiga zarba berişda örta masofaga (beş ming kilometr) uçişga möljallangan ballistik raketa qöllangan. Formal jihatdan 2019 yilga qadar Rossiyada bunday qurol bölmagan, çunki uni yaratiş 1987 yilda AQŞ va SSSR örtasida imzolangan örta va kiçik masofali raketalarni yöq qiliş haqidagi (INF) şartnoma bilan taqiqlangan. 2018 yilgaça Rossiya bu kelişuvga rioya qilayotgandek körinardi. Biroq AQŞ Rossiyaning «Rubej» (RS-26) nomli perspektiv qurol tizimi şartnoma şartlariga mos emasligini ta’kidladi. Rossiya rasman uni «qit’alararo raketa» deb atagan, ammo AQŞning fikriça, bu raketa beş ming kilometrdan kam masofaga zarba beriş qobiliyatiga ega bölgan «Yars» raketasining qisqartirilgan varianti edi.
Mavzuga oid
INF şartnomasiga köra, qit’alararo raketa kamida beş ming kilometr masofaga möljallangan bölişi kerak. AQŞning «Rubej» haqidagi iddaosi asosida 2018 yilda şartnomadan çiqişi ortidan Rossiya garçi bunday raketalarni işlab çiqarişni rejalaştirgan bölsa ham, ularni qöllaşdan tiyilişini aytgan.
Rossiya uçun örta masofali raketalar nihoyatda ahamiyatli, çunki ular orqali Yevropa mamlakatlari va NATO obektlariga tahdid qiliş qulay. Şu bois, Kreml INF şartnomasini deyarli oçiqçasiga buzdi. Biroq, Rossiyaning özi ham Yevropadan uçirilgan örta masofali raketalardan xavfsiraydi, çunki ularning tez yetib kelişi javob çoralari uçun vaqtni qisqartiradi.
«Rubej» loyihasi böyiça işlar 2018 yilda töxtatilgani rasman e’lon qilingan (sababi sifatida moliyaviy imkoniyatlar boşqa loyihalarga qaratilişini bildirişgan). Şunga qaramay, raketa qator sinovlardan ötgan edi. Köplab ekspertlar Rossiya qöllagan «Oreşnik» raketa tizimi aynan «Rubej» ekani, 2018 yildan keyin modifikatsiya qilingan bölişi mumkinligini taxmin qilişmoqda. Bu versiyani «Rubej» va «Oreşnik»ning işlab çiqaruvçisi bir xil — Moskva Teplotexnika instituti ekani qöllab-quvvatlaydi.
Ammo Putin «Oreşnik» rossiyalik konstruktorlarning yangi raketasi ekani, harbiylar esa u bir yil içida yaratilganini ta’kidlaşmoqda. Ukraina boş razvedka boşqarmasi esa hujum «kelajakdan kelgani» va yaratilişi 2024 yilda boşlanişi kerak bölgan, rivojlantirilişi va 2030 yilga borib navbatçilikka çiqişi kerak bölgan istiqbolli örta masofali «Kedr» raketasi bilan zarba berilganini aytadi.
Bu çindan ham Putin ta’riflaganidek dahşatli qurolmi?
Dniproga berilgan zarba tasvirlaridan körinişiça, raketaning ajraluvçi boş qismida — avtonom yönaltiriluvçi maxsus blokka «qadoqlangan» jangovar kallaklarni taşigan (amerikaça noformal terminologiyada bu «avtobus» deb ataladi). Videolar Putinning jangovar kallaklarda portlovçi moddalar bölmagani xususidagi sözlarini tasdiqlaydi: snaryadlarning tuşiş joylarida portlaş kuzatilmagan.
Biroq keyinroq e’lon qilingan xiraroq sun’iy yöldoş tasvirlari «Pivdenmaş» zavodi hududidagi nişonlar Putinning «mayda bölaklarga, elementar zarralarga soçilib, çangga aylantirilgan», degan sözlarini tasdiqlamadi. Kallaklarning bir qismi zavod yonidagi xususiy sektorga tuşgan, yana bir qismi esa zavod binolari tomini teşib ötgan, xolos.
Zavodning içki qismlariga qanday zarar yetgani noma’lum, ammo uning boşqa, «oddiy» bombardimonlardagi zarardan köproq bölişi şubhali, çunki «Pivdenmaş» avval ham köp marta şunday zarbalarga duçor bölgan.
«Ob’yasnyayem.rf» davlat portali Putin izidan borib, «Oreşnik» kompleksi raketasining otiladigan oğirligi 1,5 tonnaligini ma’lum qildi (yuqorida zikr etilgan «Rubej»ning yaratilişi uçun asos bölgan qit’alararo «Yars»da bu körsatkiç taxminan 1,2 tonna bölgan).
«Yars» yoki «Rubej»ning har bir bölinuvçi boş qismi (BBQ) törtta snaryad taşiydi. Demak, har bir snaryad oğirligi 300 kilogrammdan oşmaydi. Uning 10 MAX tezlikdagi kinetik energiyasi 1 736 000 000 Joulga teng bölib, bu trotil ekvivalentidagi taxminan 400 kilogramm zaryad portlaşiga teng. Masalan, «Iskander-M» kompleksi raketasining 480 kilogrammli oskolka-fugasli jangovar kallagi bir neça yuz kilogramm portlovçi moddalarni taşiydi.
Soliştiriş uçun: AQŞda işlab çiqilgan, ammo amalga oşirilmagan «kinetik qurollar» (masalan, «Tangrining tayoqlari») orbitadan volfram qoplamali 35 tonna oğirlikdagi obektlarni 10 MAX tezlikda himoyalangan bunkerlarga taşlaşni nazarda tutgan. Bu energiya 48 tonna trotil ekvivalentiga tengdir. Keyinçalik, ommaviy axborot vositalari Xitoyning şu kabi tajribalari volfram obektlari yerga tuşgaç, katta çuqurlikka kirmasdan, yuzada portlaşini körsatgani haqida xabarlar berişgan.
Şunday qilib, agar jangovar kallakning barça kinetik energiyasi nişonga zarar yetkaziş uçun işlatilsa ham, «Oreşnik»/«Rubej» raketasining zarbasi «Iskander-M» raketasining bir neça oskolka-fugasli kallaklar zarbasidan sezilarli darajada farq qilmaydi. Bu holatda, «Iskander»ning bir dona raketasi taxminan 3 million dollar turasa, «Oreşnik»ning uzoq qarindoşi — «Yars» qit’alararo raketasi narxi 2011 yilda 30 million dollar deb baholangan.
Biroq bu soliştirişlar agar «Oreşnik» «Iskander-M» bilan bir xil darajadagi aniqlikka ega bölsagina ma’noga ega böladi. Himoyalangan obektlarga zarba beriluvçi va nisbatan kiçik noyadroviy zaryadlarga bölgan raketalar albatta yuqori aniqlikka ega bölişi kerak. Ularning örtaça çetlaniş koeffitsiyenti (ÖÇK) atigi bir neça metrga bölişiga ruxsat beriladi. Masalan, «Iskander» raketalari uçun ÖÇK beş metr qilib belgilangan. Şu bilan birga, noyadroviy strategik raketalarni qöllaş samaradorligi ularda aniqlik pastligi tufayli şubha ostiga olinadi, çunki bunday aniqlikni oşiriş uçun juda murakkab texnik yeçimlar talab etiladi.
Ming kilometrdan ortiq masofaga uçuvçi köpgina ballistik raketalarda ÖÇK 100 metrdan yuqori böladi (eng yaxşi holatda — önlab metrlar). Aniqlikni oşiriş yadroviy zaryad quvvatini kamaytiriş imkonini bersa-da, ÖÇKni metrlargaça tuşiriş köplab muammolarni hal etişni talab qiladi va iqtisodiy jihatdan ma’noga ega emas. Bunday raketalarning köpi hanuz giroskoplar asosidagi inersial boşqaruv tizimlaridan foydalanadi — ular eng ilğor bölsa-da, xatolar raketaning uçiş masofasiga proporsional ravişda töplanib boradi.
Uzoq masofali boşqa turdagi raketalar — qanotli, operativ-taktik ballistik raketalar va hokazolar, — yadroviy yoki yadroviy bölmagan jihozlarda qöllanadigan raketalar inersial tizimlarga «qöşimçalar» qöşiş orqali xatolarni tuzatişga imkon beradi. Masalan, «Iskander-M» yoki ATACMS raketalarida sun’iy yöldoş navigatsiya tizimidan vaqti-vaqti bilan signal qabul qiliş yoki parvoz yönalişi ustidagi yuzani oldindan tayyorlangan sputnik xaritasi bilan qiyoslaş kabi tizimlar şular jumlasidan. Bundan taşqari, raketa yoki jangovar kallak kursini tez özgartiriş uçun katta zöriqişga çidamli dvigatellar tizimi ham kerak.
Bunday muammolarni strategik olis masofali (şuningdek, örta masofali) tezkor raketalar uçun hal qiliş juda qiyin vazifa. Atmosferaning ziç qatlamlarida gipertovuşli raketaning jangovar kallagi plazma bilan öraladi, bu har qanday radiosignallarni qabul qiliş va uzatişni jiddiy qiyinlaştiradi. Bu muammoni qisman hal qilgan AQŞning örta masofali Pershing II raketasi atmosferaga 8–10 MAX tezlikda kirganida 30–40 metrlik ÖÇKga ega bölgan. Bu natija inersial tizimga faol radar ma’lumotlarini va radiodiapazon kartasini qöşiş orqali erişilgan. Biroq, buning uçun jangovar kallak parvozning sönggi fazasida uç MAX’gaça sekinlaşişi kerak edi. Lekin mana şunday aniqlik ham yadroviy bölmagan zarbalar uçun yetarli emas.
AQŞ tomonidan ötkazilgan keyingi sinovlar gipertovuş tezligida va gigant yuklamalar ostida nişonga raketa yetkazişda GPS’dan foydalanişning barça murakkabliklarini namoyiş qildi. Masalalarni nazariy jihatdan hal qiliş mumkin deb tan olingan, biroq şunga qaramay, hozirgaça «noyadroviy global zarba» dasturiga qöşilişi nazarda tutilgan yuqori aniqlikdagi noyadroviy jangovar kallaklar taşuvçi strategik raketalar yaratilmagan.
Rossiyaning ming kilometrdan uzoqroq masofaga uçuvçi yuqori aniqlikdagi ballistik raketalar yaratişda muvaffaqiyatga erişgani haqida hanuz ma’lumotlar yöq. Rossiyaning (bungaça sovetlarning) barça qat’alararo va örta masofali raketalarining jangovar kallaklari uçun ÖÇK 100 metrdan katta bölgan, juda köp hollarda sezilarli darajada katta.
Şunday qilib, «Oreşnik»ning Putin aytganidek, «noyadroviy kinetik jihozlaniş» bilan qöllanişi harbiy nuqtayi nazardan samarali bölişi dargumon. Ammo u kuçli siyosiy signalni öz içiga oladi. Bunday signalni yetkazib beriş ğoyasi 2000-yillar boşidan beri, Rossiyada yadroviy tiyib turiş konsepsiyasining muammolari tuşunilib yetilgan paytdan işlab çiqilgan. Muammolarni hal qiliş variantlaridan biri strategik raketalarni yadroviy jihozlardan ozod qilib, ular orqali tiyib turuvçi zarbalar beriş edi. Bu duşmanga keyingi safar yadroviy zaryad ham kelişi mumkinligini tuşuntirişi lozim.
«Yars» qit’alararo ballistik raketasi Plesetsk harbiy kosmodromidan uçirilişi, 2024 yil 29 oktyabr. Bu kadr RF mudofaa vazirligi e’lon qilgan videorolikdan olingan
RF mudofaa vazirligi / EPA / Scanpix / LETA
Lekin Rossiya allaqaçon yadroviy kallak taşişi mumkin bölgan raketalar bilan zarbalar berib kelmoqda. Unda «Oreşnik» bilan tahdidning yangiligi nimada?
Köplab operativ-taktik ballistik (masalan, «Iskander-M» kompleksi), aeroballistik va qanotli raketalar haqiqatan ham yadroviy kallaklar bilan jihozlanişi mumkin. Biroq bular taktik yadroviy zaryadlar bölib, ular heç qaçon doimiy jangovar navbatçilikda turmaydi va maxsus omborlarda saqlanadi. Ular taşuvçilarga örnatilsa, duşman tomonidan tezda ilğanadi (bu öz özidan yadroviy eskalatsiyaning keyingi bosqiçga ötganidan darak beruvçi kuçli va xavfli signal böladi).
Qit’alararo va örta masofali strategik raketalar esa Rossiyaning Strategik raketa qöşinlari qurollanişida turibdi. Uşbu qöşinlar doimiy jangovar şay holatda böladi va istalgan vaqtda zarba berişga tayyor bölişi lozim.
«Yadroviygaça bölgan tiyib turiş» ğoyasi mualliflari rejasiga köra, duşmanga qarşi zarbalar beriş uçun strategik kuçlardan foydalaniş Kremlning niyatlari jiddiy va uning «qizil çiziqlari» real ekanini namoyiş etişdan iborat bölişi mumkin.
SSSRning sönggi davrlarida harbiy va siyosiy rahbariyat Varşava şartnomasi qöşinlarining Yevropada NATO qöşinlari ustidan afzalligi bor, deb hisoblagan va yadroviy qurolni faqatgina AQŞ sovet ittifoqining strategik kuçlarini yöq qilişga qaratilgan dastlabki zarba urinişlariga javob sifatida işlatilişi mumkin bölgan vosita deb qaragan. Ammo SSSR va Varşava şartnomasi tarqab ketganidan keyin kuçlar muvozanati keskin özgardi: yadroviy qurolsiz Rossiya NATOning faraziy keng kölamli hujumiga qarşi tura olmasligi oydinlaşdi. Şuning uçun Kreml 1990-yillarda «birinçi bölib yadroviy zarba bermaslik» majburiyatidan voz keçdi. Şuningdek, öta zaruriyat tuğilganda, jumladan, odatiy qurollar bilan qilingan hujum davlat mavjudligiga xavf solsa, yadroviy zarba berişi mumkinligini belgilab oldi.
Şundan beri bayonotlarda turli özgarişlar böldi va yadroviy qurol qöllaş ostonasi tuşirildi. Ammo «davlat mavjudligiga xavf tuğdiruvçi hujum» bilan siyosiy irodasini boşqalarga tiqiştiriş uçun majburlaş maqsadida qilingan oddiy lokal zarbalar (yoki şunday zarba tahdidi) örtasida katta farq mavjud. Bu oraliq farqda strategik kuçlarning töliq zarba almaşinuviga olib kelişi mumkin bölgan yadroviy qurolni işlatiş ğoyasi nomaqbuldek körinadi. Bu holatni istalgan potensial duşmanlar ham tuşunib turibdi, demak, ular «yadroviy şantaj» va «qizil çiziqlar»ga işonmaslik uçun barça asoslarga ega.
Rossiya rahbariyati ham bu zaiflikni ançadan beri anglab kelmoqda. Kremlga yaqin bölgan siyosatşunos, yadroviy tiyib turiş böyiça tanilgan mutaxassis, Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi Andrey Kokoşin 2003 yilda çop etilgan «XXI asrda yadroviy mojarolar (turlari, şakllari, ehtimoliy iştirokçilar)» kitobida faraziy kelajakdan (masalan, 2024 yildan) misol keltirgan holda «qizil çiziqlarning uzilib qolişi» haqida şunday yozgan edi:
«Yadroviy tiyib turiş, özning muhim ahamiyatiga qaramasdan, Rossiyaning milliy xavfsizligini ta’minlaşda universal vosita emas. Uning yordamida xavfsizlikka tahdid soluvçi barça harbiy-siyosiy tahdidlarni neytrallaştiriş yoki yöq qiliş mumkin emas (va bu xavfli). <…> Yadroviy qudrat iqtisodiy va siyosiy sohalardagi, şuningdek, umumiy qöşinlar quvvatidagi zaiflikni faqat qisman qoplaydi. Şu sababli, yadroviy tiyib turiş boşqa çoralar qatorida, samarali «yadroviygaça bölgan tiyib turiş» bilan töldirilişi kerak.
Köplab mutaxassislar va siyosiy arboblar «yadroviy ostonani pasaytiriş»ning aniqligini asosli ravişda şubha ostiga qöymoqda. Ta’kidlanişiça, buning natijasida yadroviy vositalarni qöllaş tahdidi kamroq işonçli bölişi mumkin, hatto tanlangan tartibda, real nişonlarga emas, balki çölda, faqat uni işlatişga «tayyorlikni namoyiş etiş» uçun amalga oşirilganda ham.
«Yadroviy ostonani pasaytiriş» şaroitida tiyib turişning işonçliligi muammosi, ham yadroviy davlatlar, ham yadroviy qurolga ega bölmagan davlatlar bilan munosabatlarda, tiyib turişning işonçliligini va uning samaradorligini oşirişga qaratilgan boşqa çoralarni körib çiqişni talab qiladi.
Bu imkoniyatlar yuqori aniqlikka ega uzoq masofaga uçuvçi turli turdagi qurollarni rivojlantiriş va ularni odatiy snaryadlar (şu jumladan, kuçaytirilgan quvvatli jangovar kallaklar) bilan birgalikda qöllaşda, eng avvalo, suv osti va suv usti harbiy kemalari, şuningdek, uzoq masofaga uçuvçi bombardimonçi aviatsiyani platforma sifatida qöllaşda mujassam. Yer usti komponentlarida biz örta va kiçik masofaga uçuvçi raketalar böyiça şartnoma şartlari bilan çegaralanganmiz.
Odatiy qurollar bilan jihozlangan yuqori aniqlikka ega uzoq masofaga uçuvçi quroldan foydalaniş tahdidi, tiyib turişning işonçli tizimi asosiga aylanişi mumkin. <…>
Bunday qurollardan foydalaniş siyosiy jihatdan töğri «tiyib turiş çorasi» sifatida taşkil etilişi kerak, bu harbiy harakatlar çoğida tanlangan tartibda nisbatan past quvvatga ega yadroviy jangovar kallaklarni işlatiş oldidan «sönggi ogohlantiriş harakati» bölib xizmat qiladi. Bu Rossiya harbiy doktrinasida va RF qurolli kuçlarining Boş ştabi hamda tegişli bölinmalarining operativ hujjatlarida konseptual tarzda aks ettirilişi kerak.
Xöş, Putinning «sönggi ogohlantirişi» ta’sir qildimi?
Taxmin qiliş qiyin. Hozirgi «qizil çiziq», ya’ni Ukraina tomonidan Rossiyaga qarşi ğarbdan yetkazilgan qisqa masofaga uçuvçi operativ-taktik raketalardan foydalaniş bilan Rossiyaning yangilangan tiyib turiş doktrinasidan kelib çiqqan («suverenitet va hududiy yaxlitlikka jiddiy xavf tuğdiradigan») yadroviy quroldan foydalaniş çegarasi örtasida katta farq bor.
ATACMS va Storm Shadow raketalari bilan Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlarining Kursk oblastidagi bölinmalaridan biri ştab-kvartirasi yoki mahalliy aeroportni uriş, Rossiya suverenitetiga jiddiy xavf tuğdirmasligi aniq. Şuningdek, ehtimol, ular ta’sir körsata oladigan hududlarda muhim harbiy nişonlar kam qolgan.
Bundan taşqari, «Oreşnik»ning imkoniyatlari Andrey Kokoşin tasvirlagan «yadroviygaça bölgan tiyib turiş»ning dahşatli quroli xususiyatlaridan ança uzoqdaligi ayon.
Örta masofaga uçuvçi raketa namoyişkorona qöllanişi köproq kelajak uçun ogohlantiriş sifatida qabul qilinişi mumkin (ayniqsa, Putinning «Ukrainaga raketalar yetkazib bergan davlatlarga zarba beriş» haqidagi va’dasi inobatga olinsa). Kremlning ehtimoliy rejasiga köra, AQŞning yangi ma’muriyati Rossiya bilan mojaroni kuçaytirişdan qörquvni meros qilib olişi kerak.