Kanada Ukraina uçun Yevropa Ittifoqi tomonidan ajratilayotgan 90 mlrd yevrolik kredit dasturiga qöşiliş imkoniyatini muhokama qilmoqda. Financial Times manbalariga köra, Ottava va Bryussel bu borada muzokara olib bormoqda.
Tomonlar Kanadaning kredit dasturiga qança mablağ bilan qöşilişini oktabr oxirida Monrealda bölib ötişi rejalaştirilgan YEI-Kanada sammitiga qadar belgilab oliş niyatida.
Naşr manbalariga köra, Kanada boş vaziri Mark Karni uşbu taşabbus orqali Yevropa bilan transatlantik aloqalarni yanada mustahkamlaşga intilayotganini körsatmoqçi. Şu bilan birga, Ottava taşqi iqtisodiy va siyosiy munosabatlarda AQŞga qaramlikni kamaytirişga harakat qilmoqda.
Financial Times yozişiça, Karni köp tomonlama xalqaro tartibni qöllab-quvvatlovçi liberal davlatlar örtasida yaqin hamkorlikni şakllantiriş tarafdori.
Hozirga qadar Yevropa Ittifoqiga aʼzo bölmagan davlatlar orasida Ukraina uçun mazkur kredit dasturiga qöşilgan yagona mamlakat Buyuk Britaniya bölib turibdi. Kanada ham dasturga qöşilsa, YEI taşqarisidagi iştirokçilar soni ikkitaga yetadi.
Kanada Ukrainaga milliardlab dollar yordam bergan
Ottava sönggi yillarda Ukrainaga katta miqdorda harbiy yordam ham ajratgan. Financial Times maʼlumotiga köra, Kanada tomonidan körsatilgan harbiy kömak hajmi 6,5 mlrd Kanada dollarini, yaʼni taxminan 4,7 mlrd AQŞ dollarini taşkil etadi.
Bundan taşqari, 10-sentabr kuni Kanada boş vaziri Mark Karni va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 100-yillik hamkorlik töğrisidagi deklaratsiyani imzolagan. Hujjat, jumladan, mudofaa sohasidagi innovatsiyalar böyiça hamkorlikni ham nazarda tutadi.
Ottava YEI bilan aloqalarni kengaytirmoqçi
Kanadaning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlaşişi faqat Ukrainaga yordam masalasi bilan çeklanmaydi. Ottava Bryussel bilan iqtisodiy va texnologik hamkorlikni ham kengaytirişga intilmoqda.
Xususan, Kanada sunʼiy intellekt sohasida hamkorlik qiliş maqsadida Yevropa Ittifoqining superkompyuterlar tarmoğiga qöşilişdan manfaatdor. Şuningdek, Bryussel bilan raqamli savdo böyiça alohida kelişuv imzolaş imkoniyati ham muhokama qilinmoqda.












