Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Siçuan provinsiyasi Xitoy Kommunistik partiya qömitasi kotibi bilan uçraşdi.
"Siçuan provinsiyasi Kommunistik partiya qömitasi kotibi Van Syaoxuey janoblari bilan uçraşişdan xursandmiz, – deb yozdi Özbekiston TIV rahbari özining telegram-kanalida. – Özbekiston va Xitoy hududlari örtasidagi töğridan töğri şeriklik aloqalari rivojlanayotgani ikki Davlat Rahbarlari tomonidan belgilangan yuqori marralarga erişişda yuksak samara körsatmoqda".
Tomonlar Navoiy şahrida Navoiy - Siçuan sanoat parkini taşkil etişga kelişib oldi.
Işbilarmon doiralar örtasidagi yanada qizğin va muntazam aloqalarni qöllab-quvvatlaş, kompaniyalarning bozorlarda faoliyat yuritişi uçun eng qulay şart-şaroitlarni yaratiş, doimiy almaşinuvni ta’minlaş, yangi istiqbolli qöşma loyihalarni amalga oşiriş kabi mavzular kun tartibidan joy oldi.













