Suriya sobiq prezidenti Başar Asadning hayotida köplab buriliş nuqtalari bor, ammo ulardan eng muhimi u yaşab turgan joydan minglab kilometr masofada röy bergan avtohalokat bölgandi.

Avvaliga Başar Asad hokimiyatni otasidan meros qilib olişi közda tutilmagandi. Uning siyosatdagi yöli faqat akasi Basil 1994 yil boşida Damaşq yaqinida yöl-transport hodisasida halok bölganidan keyin boşlanadi. Öşanda Başar Londonda oftalmologiya böyiça tahsil olayotgandi.

Basilning ölimidan keyin ukasini Suriyani boşqarişga tayyorlay boşlaşadi. Başarning hukmronligi yuz minglab odamlar hayotiga zomin bölgan va millionlab suriyaliklarni uylarini taşlab ketişga majbur qilgan qonli fuqarolik uruşi davriga töğri keladi.

Başar Asad şifokorlikdan harbiy jinoyatlarda ayblangan avtoritar hukmdorgaça bölgan yölni qanday bosib ötgan? BBC uning tarixini hikoya qiladi.

Ota merosi

Başarning otasi Hafiz Asad Suriyani qariyb 30 yil boşqargan

Başar Asad 1965 yilda Hafiz Asad va Anisa Mahluf oilasida dunyoga kelgan. Uning tuğilişi Suriya, Yaqin Şarq va undan taşqaridagi dramatik voqealar bilan bir paytga töğri keladi. Öşa vaqtda mintaqaning köplab mamlakatlari siyosiy hayotida arab millatçiligi örtaga çiqqan va Suriya ham bundan mustasno emasdi.

Misr bilan Suriya örtasidagi qisqa muddatli ittifoq tuzişga muvaffaqiyatsiz urinişdan keyin (1958–1961) Damaşqda panarab millatçiligi ğoyalariga ergaşgan Baas arab sotsialistik uyğoniş partiyasi hokimiyatni öz qöliga oladi. Öşa vaqtdagi arab mamlakatlarining köpçiligi ham Suriya demokratik davlat emasdi va köppartiyaviy saylovlar ötkazilmagan.

Asadlar oilasi manbus bölgan alaviylar jamoasi Suriyadagi ozçilikni taşkil etadi va köplab alaviylar Suriya armiyasidan ijtimoiy lift sifatida foydalanadi. Hafiz Asad armiya zobit va Baas partiyasining sodiq tarafdori sifatida ajralib turardi va 1966 yilda mudofaa vaziriga aylanadi.

Hafiz Asad öz ta’sirini kuçaytirişda davom etib, mamlakatdagi hokimiyatni öz qölida jamlaydi va 1971 yilda prezidentga aylanadi — u bu lavozimda 2000 yilda vafot etguniga qadar qoladi. Suriyaning qator töntarişlar bilan keçgan uruşdan keyingi tarixi fonida bunday uzoq yillik barqarorlik uning mohirona siyosiy manipulyatsiyasi samarasi edi.

U temir muşt bilan hukmronlik qilib, muxolifat va özgaça fikrlovçilarni bostiradi. Ammo Asad taşqi siyosatda ança pragmatik edi: u sovetlar ittifoqi bilan faol hamkorlik qilgan, ammo şu bilan bir vaqtda 1991 yilda Fors körfazidagi uruşda AQŞ rahbarligidagi koalitsiyaga qöşiladi.

Londondagi tibbiyotçi talaba

Başar Asad bölajak rafiqasi Asmani Londonda uçratgandi

Başar Asad avvaliga özi uçun siyosat va harbiy işlardan yiroq bölgan yölni tanlagandi. U tibbiyot sohasida karera qilişga bel boğlagandi.

U 1992 yilda Damaşq universitetini tamomlagaç, Buyuk Britaniyaga yöl oladi, bu yerda Londondagi Western Eye köz klinikasida oftalmologiyaga ixtisoslaşadi.

BBC’ning 2018 yilgi «Xavfli sulola: Asadlar» nomli hujjatli filmiga köra, Başar Londonda qulay hayot keçirgan: sevimli musiqaçisi Fil Kollinzning konsertlariga tuşgan va umuman olganda mahalliy britan madaniyatidan bahra olgan.

Başar bölajak rafiqasi Asma al-Ahrasni aynan Londonda uçratadi. Asma London Qirollik kollejida kompyuter fanlarini örgangan, keyinroq Harvardga biznes boşqaruv kursiga (MBA) qabul qilingan. Ammo uning hayoti tez orada özgarib ketadi.

Ikkinçi öğil bölgani uçun Başar doimo akasi, Hafiz Asadning vorisi sanalgan Basilning soyasida qolardi.

Basil 1994 yil yanvarida vafot etişi Başarning hayotini butkul özgartiradi. U darhol Londondan çaqirib olinadi va uni Suriyaning keyingi yetakçisi böliş uçun tayyorlaşadi.

Başarni qurolli kuçlar zobiti qilişadi va uni bölajak prezident sifatidagi imijini şakllantira boşlaşadi.

Orzular va özgarişlar

Asadlar oilasi Suriyada yarim asrdan köproq hukmronlik qildi. Foto: AFP

Hafiz Asad 2000 yil iyunida vafot etadi va 34 yoşli Başar tezda prezidentga aylanadi, buning uçun prezident lavozimi uçun belgilangan minimal 40 yoş çegarasini kamaytiriş maqsadida Suriya konstitutsiyasiga özgartiriş kiritişga töğri keladi.

Başar Asad prezidentlikka qasamyod qilib, darhol yangi siyosiy ohang belgilaşga harakat qiladi. Uning çiqişlarida «şaffoflik, demokratiya, rivojlaniş, modernizatsiya, mas’uliyat va institutsional fikrlaş» haqida söz boradi.

Lavozimga kirişganidan bir neça oy ötib Başar Asma al-Ahrasga uylanadi. Ularning oilasida uç farzand dunyoga keladi: Hafiz, Zeyn va Karim.

Avvaliga Başarning siyosiy islohotlar va OAV erkinligi töğrisidagi ritorikasi köplab suriyaliklarda umid uyğotgandi. Uning yetakçilik uslubi va ğarbda ta’lim olgan Asma bilan yonma-yon turişi yangi özgarişlar davri kelgandek taassurot uyğotgandi.

Suriya «Damaşq bahori» deb nom olgan, söz erkinligi nisbatan ta’minlangan qisqa muddatli davrni boşdan keçiradi, ammo 2001 yilga kelib xavfsizlik kuçlari qatağonni tiklab, muxolifatçi faollarni hibsga olişga kirişadi.

Başar xususiy tadbirkorlikni rivojlantirişga qaratilgan çeklangan iqtisodiy islohotlar ötkazgan bölsa-da, uning boşqaruvidagi ilk yillar amakivaççasi Rami Maxlufning ta’sir doirasi kengayişi bilan yodda qolgan. Maxluf ulkan biznes-imperiya qurgan, tanqidçilar buni boylik va hokimiyat qorişib ketişiga mosil sifatida keltirişadi.

Iroq va Livan

Livanning sobiq boş vaziri Rafiq Haririy öldirilişi Başar Asad siyosatiga ta’sir körsatadi

2003 yilda Iroqda boşlangan uruş Başar Asad va ğarb mamlakatlari munosabatlari sezilarli darajada yomonlaşişiga olib keladi. Suriya prezidenti AQŞning Iroqqa bosqiniga qarşi çiqadi, buni ayrimlar u Suriya Amerika harbiy amaliyotining keyingi nişoni bölişi mumkinligidan xavotirlangani bilan izohlaşadi.

Vaşington esa Damaşqni Iroq Amerika tomonidan okkupatsiya qilinişiga qarşi kuraşgan isyonçilar uçun qurollar kontrabandasiga köz yumişda va ekstremistlarga ikki mamlakat çegarasini erkin kesib ötişiga yöl qöyib berişda ayblaydi.

2003 yil dekabrda AQŞ nafaqat Iroq, balki Livanda suriyaliklar harbiylar joylaştirilgani bilan boğliq qator sabablarga köra Suriyaga qarşi sanksiyalar kiritadi.

2005 yil fevralda Livan sobiq boş vaziri, Suriyaning Livandagi asosiy muxolifi Rafiq Haririy Bayrut markazidagi kuçli portlaş oqibatida öldiriladi. Bunda darhol Suriya va uning ittifoqçilari gumonlanadi.

Livanda ommaviy norozilik namoyişlari avj oladi, şu va xalqaro bosim tufayli Damaşq qariyb 30 yillik mavjudlikdan keyin Livandagi Suriya qöşinini olib çiqişga majbur böladi.

2020 yilda maxsus xalqaro tribunal «Hizbulloh» mazkur jinoyatda aybdor deb hukm çiqarganiga qaramay, Asad va uning Livandagi asosiy ittifoqçisi, livanlik şialar guruhi muntazam ravişda Haririyning öldirilişiga aloqadorligini rad etib keladi, 

«Arab bahori»

«Arab bahori» namoyişlari Suriyaga 2011 yilda yetib keladi

Hokimiyatdagi dastlabki 10 yilida Başar Asad Eron bilan munosabatlarni mustahkamlaydi, Qatar va Turkiya bilan aloqalarni yaxşilaşga urinadi, ammo bu uzoqqa bormaydi. Avvaliga yoş prezident Ar-Riyod tomonidan qöllab-quvvatlanganiga qaramay, Saudiya Arabistoni bilan ham munosabatlar barqaror emasdi.

Umuman olganda, Başar Asad taşqi siyosatda otasi tutgan yönalişga amal qilib, ehtiyotkorlik körsatadi va töğridan töğri harbiy töqnaşuvlardan qoçadi.

Uning boşqaruvining ön yilligi ötganida rejimni avtoritar deb ta’riflaş mumkin edi, çunki muxolifat ovozini kuç bilan öçiriş davom etardi.

2010 yil dekabrda Asma Asad Vogue jurnaliga bergan intervyusida uyida «demokratiya hukmronligi»ni aytadi.

Şu vaqtlarda Tunisda sabzavot sotuvçi savdogar Muhammad Buaziziy ayol politsiyaçidan kaltak yeganidan keyin özini yoqib yuboradi. Bu akt Tunisda xalq qözğaloniga sabab böladi, yakunda prezident Zina al-Abidin Ben Ali ağdariladi.

Tunisdagi qözğalon kutilmaganda butun arab dunyosi böylab inqilobiy harakatlarni ilhomlantirib, Misr, Liviya, Yaman, Bahrayn va Suriya ham namoyişlar içida qoladi.

Vogue jurnalida 2011 yil martida «Sahrodagi atirgul» (keyinroq qaytarib olingan) sarlavhasi ostida çiqqan intervyuda Suriya «portlaşlar, keskinliklar va odam öğirlaş yöq bölgan mamlakat» sifatida tasvirlangandi. Ammo bu obraz juda tez fursat içida keskin özgaradi.

Mart oyi örtalariga kelib Damaşqda norozilik namoyişlari boşlanib ketadi, bir neça kun ötib Suriya janubidagi Dar’a şahrida odamlar köçalarga çiqadi. Bu namoyişlarga devorga Asadga qarşi graffiti çizgan bolalar hibsga olinişi sabab bölgandi. Xavfsizlik kuçlari esa namoyişçilarni öqqa tutadi.

Asad Suriya xalqiga murojaat qilişdan oldin ikki hafta kutadi. Parlamentdagi çiqişida u özi Suriyaga qarşi «fitna» deb atagan jarayonga barham berişni va’da qiladi, şu bilan birga, odamlarning köplab ehtiyojlari qondirilmayotganini tan oladi.

Dar’ada namoyişçilar otib taşlanişi boşqa şaharlarda yanada kattaroq namoyişlarni keltirib çiqadi, ularda endi Asadning iste’fosiga çaqiriqlar yangray boşlaydi. Hukumat bunga javoban zöravonlik işlatib, tartibsizliklarda «sabotajçilar va taşqi kuçlar tomonidan boşqarilayotgan josuslar»ni ayblaydi.

Bir neça oy ötib vaziyat hukumat kuçlari va butun mamlakat böylab qöliga qurol olgan muxolifat guruhlari örtasidagi qurolli töqnaşuvlarga aylanib ketadi.

Mojaro internatsional tus oladi

10 yildan oşiq davom etgan uruşda Suriyaning köplab şaharlari töliq vayron qilingan

Mojaro kuçaygaç, BMT hisoblariga köra, qurbonlar soni yuz minglabgaça oşgan. Suriyada fuqarolik uruşiga taşqi kuçlar jiddiy aralaşa boşlagan.

Rossiya, Eron va eronliklar tomonidan qöllanadigan qurolli guruhlar Asad tomonda turadi, Turkiya va Fors körfazi davlatlari esa qurollangan muxolifatga yordam körsata boşlaydi.

Asadga qarşi namoyişlar avvaliga demokratiya va barça uçun erkinlik şiorlari bilan iş olib borgan bölsa-da, vaqt ötib ular diniy xarakter kasb eta boşlaydi. Muxolifatdagi ayrim fraksiyalar hukumatni sunniylarga zarar yetkaziş hisobiga ozçilik alaviylarga xayrixohlik körsatişda ayblaydi.

Xorijiy aralaşuv sektalar örtasidagi bölinişni kuçaytiradi. Sunniy guruhlar alaviylarni kofir deb atay boşlaydi, mintaqadagi şialar esa Eron va «Hizbulloh» yetovida Asad rejimini qöllab-quvvatlaş uçun Suriyaga kirib keladi.

Bu vaqtda qöşni Iroqda IŞID ekstremistik guruhi kuçaya boşlaydi. Bu terrorçi guruh fuqarolik uruşidan foydalanib, Suriyaning katta hududlarini egallab oladi va mamlakat şarqidagi Raqqa şahri poytaxti bölgan «yangi xalifalik» tuzilganini e’lon qiladi.

2013 yil avgustida Damaşq yaqinida, muxolifat nazoratida bölgan Şarqiy Ğutada yuzlab kişilar kimyoviy hujum qurboniga aylanadi.

Ğarbdagi barqudrat davlatlar va Suriya muxolifati hujumda Asad rejimini ayblaydi. Damaşq öz aloqadorligini rad etgan bölsa-da, xalqaro bosim ostida kimyoviy qurollari zaxirasini yöq qilişga rozilik bildiradi. Lekin kimyoviy hujumlar bu bilan töxtab qolmaydi.

Uruşning özi yanada şafqatsiz tus oladi. BMT komissiyasi mojaroning barça tomonlarini qotillik, qiynoq va zörlaş kabi uruş jinoyatlarini sodir etişda ayblaydi.

2015 yilga kelib Asad hukumati mamlakatning katta qismini qöldan boy berib, halokat yoqasiga kelib qolgandek köringandi. Ammo Rossiyaning harbiy aralaşuvi uruşning borişini özgartirib, Asadga muhim hududlarni qaytarib oliş imkonini beradi.

Ğazodagi uruş

Idlibda örnaşgan muxolifat kuçlari noyabr oyi oxirida çaqmoq tezligidagi yuriş boşladi

2018 va 2020 yillar oraliğida mintaqaviy va xalqaro kelişuvlar şunday vaziyatni yaratadiki, unga köra, hukumat kuçlari Suriyaning katta qismini nazorat qiladi, muxolifatçi kuçlar va kurd otryadlari esa mamlakat şimoli va şimoli-şarqidagi hududlarni bölib oladi.

Bu kelişuvlar Başar Asadning pozitsiyasini mustahkamlab, asta-sekinlik bilan diplomatik arenaga qaytişiga imkon beradi: 2023 yilda Suriya Arab davlatlari ligasi a’zoligiga tiklanadi, arab mamlakatlari Damaşqdagi elçixonalarini qaytadan oçadi.

Suriyada iqtisodiy vaziyat oğirlaşib borganiga qaramay, Başar Asad öz boşqaruvining uçinçi ön yilligida eng oğir sinovlardan ötib olgandek körina boşlaydi.

Ammo 2023 yil 7 oktyabrida Hamasning Isroilga qilgan kutilmagan hujumi Ğazoda yangi uruşni boşlab beradi, köp ötmay  Livan, xususan, Asadning yaqin ittifoqçisi — «Hizbulloh» bu uruşga tortiladi.

Isroil bilan qurolli mojaro «Hizbulloh» uçun oğir oqibatlarga ega böladi, guruh köplab muhim qömondonlari, jumladan, öttiz yillik yetakçisi, şayx Hasan Nasrullohdan ayriladi.

Livanda sulh tuzilgan kunda esa Suriya şimolidagi «Hay’at Tahrir aş-Şom» boşçiligidagi muxolifat kuçlari kutilmaganda yuriş boşlab, bir neça kun içida Suriyaning ikkinçi eng yirik şahri — Halabni egallab oladi.

Yuriş keyingi kunlarda ham jadal sur’atlarda davom etdi va isyonçilar mamlakat markazidagi muhim şaharlar Hama va Homsni öz nazoratiga oladi, bunga parallel ravişda Suriyaning janubiy hududlarida ham isyon boşlanib, hukumat qöşinlari siqib çiqariladi.

Asadning muhim ittifoqçilari bölgan Rossiya va Eron bu safar unga yordam bera olmadi. 8 dekabr kuni tongda isyonçilar poytaxt Damaşqqa kirib keldi. Rossiya TIV Asad prezidentlikdan iste’fo berib, mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.

Yakşanba kuni keçqurun Rossiyadagi davlat agentliklari Kremldagi manbaga tayanib, Rossiya Suriyaning ağdarilgan prezidentiga siyosiy boşpana bergani, Asad öz oila a’zolari bilan Moskvaga yetib kelgani haqida xabar tarqatdi.