2023 yil yakunlariga köra, Özbekistonning Rossiya oldidagi qarzi 41,3 million dollarga oşdi. Bu haqda Jahon Banki ma’lumotlariga tayanib RIA Novosti xabar berdi. Özbekistonning Rossiya oldidagi umumiy qarzi miqdori xabarda keltirilmagan.
Qayd qilinişiça, 2023 yilda Rossiya boşqa mamlakatlarga kredit berişni 30 milliard dollardan köproqqa oşirdi, bu 1999 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir. Misr, Bangladeş va Hindiston eng köp yangi kredit olgani ta’kidlanmoqda.
Boşqa davlatlarning Rossiyaga qarzi hajmi ötgan yili 1,3 milliard dollarga oşib, 30,1 milliardni taşkil etdi. Bu körsatkiç oxirgi marta 1999 yilda (32,8 milliard dollar) yuqori bölgan edi.
Hozir Belarus eng katta qarzdor bölib qolmoqda - uning qarzi 7,75 milliard dollarni yoki Rossiya tomonidan berilgan barça kreditlarning çorak qismini taşkil qiladi. Bangladeş 6,6 milliard dollar (22 foiz) bilan ikkinçi örinda, Hindiston esa 4,1 milliard dollar (14 foiz) bilan kuçli uçlikni yakunladi. Birinçi beşlikka Misr (3,3 milliard dollar, 11 foiz) va Vetnam (1,4 milliard dollar, 5 foiz) ham kiradi.
Şu bilan birga, ötgan yili Misr eng katta uluşni egalladi - uning majburiyatlari 1,45 milliard dollarga kötarildi. Bangladeşning qarzi 745 million dollarga, Hindistonniki esa 363 million dollarga oşdi. Özbekistonning qarzi 41,3 million dollarga, Afğonistonning qarzi 19,9 million dollarga oşgan. Zambiya, Yaman, Şri-Lanka, Ekvador, Sudan va Moldova majburiyatlari ham oşdi - jami 26,54 million dollarga.
Ötgan yili yangi qarzdor paydo böldi - 2003 yildan beri birinçi marta Rossiyadan 16,9 million dollar miqdorida kredit olgan Nikaragua.
Şu bilan birga, bir qator davlatlarning Rossiya oldidagi majburiyatlari kamaydi. Bu yerda yetakçi Somali bölib, Rossiya unga deyarli butun qarzini keçib yubordi: agar 2022 yil oxirida mamlakat 703 million dollar qarz bölsa, ötgan yil oxirida u bor-yöği 49 million dollar qarz bölgan. Bundan taşqari, Belarus qarzi 487 millionga, Serbiya 117 millionga, Armaniston 40 millionga, Ozarboyjon 22 millionga kamaydi. Yana 10 ta davlat Rossiya oldidagi 82 million dollarlik majburiyatlarini tölaşga muvaffaq bölgan.

















