Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
Turkmaniston prezidenti farmonida Komilovning milliy an’analarni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdagi xizmatlari alohida qayd etilgan.
Foto: Turkmenportal
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov O‘zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri, ayni paytda prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Komilovni Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun taqdirladi.
TDH xabariga ko‘ra, unga «Hurmatli el yoshullisi» («Hormatly il ýaşulusy») unvoni topshirildi.
Prezident farmonida Komilovning milliy an’analarni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdagi xizmatlari alohida qayd etilgan. Shuningdek, shoir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan Komilov «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» yubiley medali va yodgorlik belgilari bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
16:34 / 20.03.2026
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari bir-birlarini tabrikladilar
20:29 / 02.03.2026
Erondagi o‘zbekistonliklarga Turkmaniston orqali chiqishga ko‘maklashiladi
22:48 / 15.02.2026