Toşkent şahridagi 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslaştirilgan maktab-internatida körişga qiynaladigan bolalar tahsil oladi. Ularning orzulari köp. 10 yoşli Azamat prezident bölişni istasa, Munisa köz şifokori, Azizbek esa uçuvçi bölişni orzu qiladi.

3 dekabr Xalqaro nogironligi bor şaxslar kuni Toşkent şahridagi 77-sonli “Nurli maskan” ixtisoslaştirilgan maktab-internati öquvçilari uçun alohida nişonlanadi. Maktabda tahsil oladigan 350 ga yaqin öquvçining har biri dunyoni turliça tasavvur qiladi. Ularning öziga xos iqtidor va kelajak bilan boğliq rejalari bor. Masalan, 10 yoşli Azamat ulğayib prezident bölişni istaydi. Bu bilan u odamlarga yordam berişga köproq imkoni bölişini aytadi. “Odamlarga uylar qurib beraman. Kambağallarga şaroit yaratib beraman. Odamlarning yaşaş şaroiti yaxşi bölişi kerak. Buning uçun yaxşi işlaş kerak”, – deydi Azamat.

3-sinf öquvçisi Muslima esa köz şifokori bölişni orzu qilişini aytadi.

Saidkamol esa uçuvçi bölib, samolyotida ota-onasini sayohatga olib borişni xayol qilişini aytadi.

“Men dizayner bölişni istayman. Tabiat va turli gullarni çizişni xohlayman”, – dedi 10 yoşli Munisa.

Yana bir 3-sinf öquvçisi Mubina boşlanğiç sinf öqituvçisi bölişni istaşini aytdi. “Çunki ustozlar bilim beradi. Boşqalar katta bölganda musobaqalarga borganda, kasblarni egallasa, ustoz yuzi yarqirab turadi. Şu öquvçini ustoz öqitgan deb aytib yurişadi”, – dedi u.

10-sinf öquvçisi Şahriyor bastakor böliş istagida turli tögaraklarga qatnaşayotganini aytdi.

Öquvçilarning tabiat va odamlar haqidagi tasavvurlari ham turliça. Azamat odamlarni dumaloq yuzli, tanasi törtburçak deb tasavvur qiladi. “Odamlar xuddi özimga öxşaydi. Har xil yuzli, ba’zilarining yuzi uçburçakka öxşaydi. Ba’zilarining yuzi dumaloq. Mening yuzim ham dumaloq. Tanam törtburçakka öxşaydi”, – dedi u.

Muslima esa buni tasavvur qilib körmaganini aytdi. Şahriyor odamlarni bir-biriga mehribon, oqibatli deb hisoblaydi.

Bolalarning tabiat haqidagi tasavvurlari esa bir-biriga öxşaydi. Ular tabiatni barg, daraxt va gullar şaklida köz oldilarida gavdalantirişadi.