Ukraina boş vaziri Denis Şmigal Berlinga taşrifi çoğida ukrainalik qoçqinlarning tezroq uylariga qaytişiga umid bildirdi. Bu haqda u 11 dekabr, çorşanba kuni RTL va ntv'ga bergan intervyusida aytib ötdi.
«Biz kansler Şols bilan uruşning birinçi kunlarida qoçgan barça ukrainaliklarning mamlakatimizga qaytişidan mutlaqo manfaatdor ekanligimizni muhokama qildik, Ukrainada uruş paytida barça ukrainalik qoçqinlar iliq kutib olindi, biz bundan keyin ham ularni kutmoqdamiz», — dedi Şmigal. Uning sözlariga köra, Kiyev Germaniya federal hukumati bilan qaytişning texnik tafsilotlarini allaqaçon muhokama qilgan.
«Biz nemis tomoni va milliy birlik böyiça yangi vazirimiz bilan birgalikda işlaş va barça ukrainaliklarni imkon qadar tezroq qaytariş böyiça yeçim topişga kelişib oldik», dedi Ukraina boş vaziri munozaralar tafsilotlarini keltirmasdan.
Mers Yevropada Ukraina böyiça aloqa guruhini tuzişga çaqirdi
Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI) muxolifat blokidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Fridrix Mers AQŞda bölajak hokimiyat almaşişi munosabati bilan Ukrainaga keyingi yordamni muvofiqlaştiriş uçun Yevropa aloqa guruhini şakllantirişni taklif qildi. «Biz Ukraina heç qanday çeklovlarsiz özini himoya qiliş huquqidan foydalanişi uçun hamma narsani qilişimiz kerak», dedi u 9 dekabr kuni Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvda.
Bundan taşqari, yevropaliklar Ukrainadagi uruş imkon qadar tezroq tugaşi uçun hamma narsani qilişi kerak, deb ta’kidladi Bundestagdagi XDI/XSI fraksiyasi rahbari. Uning sözlariga köra, AQŞda Donald Trampning hokimiyat tepasiga kelişiga tayyorgarlik köriş va barça ehtimoliy ssenariylarni öylab köriş kerak.
Mers fikriça, Yevropaga Germaniya, Fransiya yoki Britaniyaning bir özi işlab çiqa olmaydigan strategiya kerak. «Biz bu strategiyani faqat birgalikda işlab çiqişimiz mumkin», deya qöşimça qildi u. Mers, şuningdek, Zelenskiyning Daniya bunday aloqa guruhida muhim rol öynaşi mumkinligi haqidagi taklifini «katta qiziqiş bilan» qabul qilganini aytdi.












