Yanvar-noyabr oylarida töqimaçilik eksporti 2,6 milliard dollarni taşkil qildi. Sohadagi imkoniyatlar hisobiga buni oşiriş mumkinligi ta’kidlandi.

Çarm sanoati korxonalarini xomaşyo bilan uzluksiz ta’minlaş çoralari va kelgusidagi rejalar böyiça mas’ullarning hisoboti eşitildi.

Çarm sanoatida biçuvçi, tikuvçi, kosib kabi örta böğin kadrlari yetişmayotgani, bu yönalişda yiliga bor-yöği 167 nafar mutaxassis tayyorlanayotgani körsatib ötildi. Şu bois, poyabzal işlab çiqariş rivojlangan Andijon, Namangan, Farğona, Samarqand va Toşkent viloyatlaridagi yetakçi korxonalarni texnikumlarga boğlab, “dual ta’lim”ni yölga qöyiş zarurligi aytildi.

Yiğilişda kelgusi yilga möljallangan rejalar haqida ham axborot berildi.

Yengil sanoat tarmoğiga 2 milliard dollardan ortiq xorijiy investitsiya jalb qilib, 82 ta yirik loyihani amalga oşiriş hamda 25 mingta iş örni yaratiş közda tutilgan. Töqimaçilik mahsulotlari eksportini 4 milliard dollarga, çarm mahsulotlari eksportini 250 million dollarga olib çiqiş maqsad qilingan.