Prezident qaroriga köra, qişloq xöjaligi texnikalariga xizmat körsatuvçi tadbirkorlarning buyurtmasi (talabi) böyiça aholi bandligiga kömaklaşiş markazlari yöllanmasiga asosan işsiz yoşlarni zamonaviy qişloq xöjaligi texnikalariga xizmat körsatuvçi mutaxassis sifatida va uşbu texnikalarni boşqaruvçi operatorlikka (traktorçi-maşinist) öqitiş va qayta tayyorlaş xarajatlari Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hisobidan qoplab beriladi.

2025 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvargaça qişloq xöjaligi texnikalarini ta’mirlaş, agrotexnik xizmatlar körsatiş, şu jumladan, ekin maydonlarini lazerli yer tekislagiç yordamida tekislaş, ğözani çilpiş (çekanka) va defoliatsiyalaş xizmatlarini körsatuvçi tadbirkorlarga (bundan klasterlar mustasno) yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği va yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

Qişloq xöjaligi texnikalari işlab çiqaruvçi mahalliy korxonalar tomonidan öz ehtiyoji uçun örnatilgan tartibda şakllantiriladigan röyxat böyiça xorijdan olib kelinadigan qişloq xöjaligi texnikalarining butlovçi va ehtiyot qismlari 2028 yil 1 yanvargaça bojxona bojidan ozod qilinadi.