Apple yaqin vaqtgaça aktual deb hisoblangan ba’zi iPhone modellarini sotişni muddatidan oldin töxtatadi. Xususan, gap iPhone SE 2 va iPhone 14/14 Plus haqida ketmoqda, deb xabar berdi 9to5Mac.

Kompaniya bu çoralarni körişga majbur, çunki 2025 yil yanvaridan boşlab Yevropa Ittifoqida smartfonlarni faqat USB-C zaryadlovçi porti bilan sotişni majburlovçi talablar kuçga kiradi.

Hozir Apple eski Lightning porti bilan jihozlangan iPhone SE 2, iPhone 14 va iPhone 14 Plus modellarini sotmoqda. Manbalardan ma’lum bölişiça, kompaniya yuqoridagi modellarni yangi port bilan qayta çiqarişni rejalaştirmayapti, şunçaki Yevropada ularning sotuvini töxtatadi — bu 2024 yil oxirigaça sodir böladi.

Miş-mişlarga köra, Apple 2025 yil bahorida yangi 4-avlod iPhone SE modelini çiqaradi, albatta u USB-C porti bilan jihozlanadi. Taxminlarga köra, yangi mahsulot iPhone 14 modeliga öxşaydi, lekin iPhone 16 protsessori bilan jihozlanadi.

Apple kompaniyasining an’anaviy jadvaliga köra, 14 va 14 Plus keyingi yilgaça, iPhone 17 seriyali smartfonlar çiqarilgunga qadar sotilişi kerak edi. Ammo Apple bu çoralarni ertaroq körişga majbur böladi.