Kun tartibidan ÖFAning 2024 yilgi faoliyati, amalga oşirgan işlari va hisoboti, keyingi yilgi rejalar hamda yana qator masalalar örin olgandi. ÖFA boş kotibi yiğilganlarga hisobotini taqdim etdi. Kongressda iştirok etgan ÖFA prezidenti Abdusalom Azizovning futboldagi rahbarlik lavozimini davom ettirişi ma’lum böldi.

Tadbir doirasida Özbekistonning 2024 yildagi eng yaxşilarini taqdirlaş marosimi ham bölib ötdi. Unga köra, Abbosbek Fayzullayev Özbekistonning 2024 yildagi eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Temur Kapadze esa murabbiylar orasida tengsiz böldi. 

ÖFAning 2024 yil yakunlariga bağişlangan taqdirlaş marosimida ğolib va sovrindor bölgan laureatlar bilan tanişing:

Yuriy Sarkisyan - «Futbolimiz nuroniysi»

Futbolimiz faxriysi, murabbiy sifatida 5 karra Özbekiston çempioni, 9 karra kumuş medali sohibi, 2 karra Özbekiston kubogi ğolibi, Farğonaning «Neftçi» jamoasi afsonasi, ayni kunlarda muborak 77 yoşni qarşi olgan Yuriy Sarkisyanga «Futbolimiz nuroniysi» sovrini topşirildi.

«Fidoyilik ramzi»

58 yil davomida Buxoro viloyati bolalar va ösmirlar futbolida jonkuyarlik bilan işlab, minglab yoş futbolçilarni tarbiyalagan, klublar va terma jamoalarga iste’dodlarni yetiştirib çiqargan faxriy — Ibrohim Şaripovga «Fidoyilik ramzi» sovrini topşirildi.

«Yilning eng yaxşi hakami»

Ötgan mavsum davomida bir neçta xalqaro öyinlarga tayinlov olgan, xususan, Parijda ötgan Olimpiadaning 4 ta uçraşuvida faoliyat olib borgan, OÇL final uçraşuvida işlagan Ilgiz Tantaşev — «Yilning eng yaxşi hakami» sifatida e’tirof etildi.

«Yilning eng yaxşi ayol hakami»

Bu yil bir neçta xalqaro öyinlarda faoliyat olib borgan va Özbekiston kubogi final uçraşuvini yuqori saviyada ötkazgan referi Gulşoda Saidqulovaga — «Yilning eng yaxşi ayol hakami» sovrini topşirildi.

Joriy yilda futbolni rivojlantiriş va qator nufuzli musobaqalarni ötkazişdagi körsatgan kömagi va qöllab-quvvatlagani uçun hamkor taşkilotlarga «Samarali hamkorlik ramzi» sovrini topşirildi.