Turkiya Superligasi 21-tur doirasidagi "Eyupspor" — "Istanbul Boşoqşehir" bahsi bölib ötdi.
Uçraşuvning 14-daqiqasida mehmonlarning özbekistonlik yarimhimoyaçisi Abbos Fayzullayevning Zelkega uzatmasidan söng hisob oçildi. Fayzullayev 66-daqiqada zaxiraga olindi.
Bahsning 53-daqiqasida Eldor Şomurodov raqib darvozasini işğol qilib hisobni yiriklaştirdi va uning çempionatda kiritgan gollari soni 15taga yetdi.
“Eyupspor” 93-daqiqada Umut Bozokning goli evaziga hisobdagi farqni qisqartirişga erişdi. Bahs 1:2 hisobida yakunlandi.
“Istanbul Boşoqşehir” Turkiya Superligasida 21 öyindan söng 33 oçko bilan 6-örinda bormoqda.

















