Turkiya Superligasi 23-tur doirasidagi "Alanyaspor" — "Istanbul Boşoqşehir" öyini 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi.
Uçraşuvning 14-daqiqasida Devi Zelke hisobni oçgan bölsa, 44-daqiqada yarimhimoyaçi Abbos Fayzullayev işlagan penaltini hujumçi Eldor Şomurodov golga aylantirdi. Özbekistonlik futbolçilar 70- va 71-daqiqada zaxiraga olindilar.
Mezbonlar 67-daqiqada hisobni qisqartirişga muvaffaq böldilar.
Bugungi gol bilan Eldor Şomurodov töpurarlar bahsida “Trabzonspor” hujumçisi Pol Onuaçuga yetib oldi. Şomurodov gol+pas tizimida yaqqol peşqadamlik qilmoqda – uning hisobida 16ta gol va 4ta golli uzatma bor.
"Istanbul Boşoqşehir" Turkiya Superligasida 23 öyindan söng 36 oçko bilan 6-örinda bormoqda.

















