AQŞ saylangan prezidenti Donald Tramp Eron yadro quroliga ega bölişining oldini oliş maqsadida unga zarba beriş variantini körib çiqmoqda, deb yozdi The Wall Street Journal (WSJ) Tramp jamoasidagi manbalarga tayanib.
«Tramp jamoasining ba’zi a’zolari endi yadroviy obektlarga zarbalar beriş imkoniyatini jiddiy örganmoqda (...) Eronning mintaqadagi mavqei zaiflaşgani va yadroviy rivojlanişining kengayib borayotgani böyiça sönggi dalillar içki maxfiy muhokamalarni kuçaytirgan. Biroq, bu masala böyiça barça munozaralar endi boşlandi», deyiladi xabarda.
Trampning köplab maslahatçilari va hamkorlari Isroilning Natanz, Fordo va Isfaxondagi yadroviy inşootlarga zarbalarini qöllab-quvvatlaş, hattoki operatsiyada AQŞ ehtimoliy iştiroki haqida gap ketayotganini ta’kidlagan. Isroilning mustaqil harakatlari qançalik muvaffaqiyatli bölişi noma’lum, çunki Eronning köplab korxonalari yer ostida joylaşgan.
Şu bilan birga, suhbatdoşlarning aytişiça, bölajak ma’muriyat Tehronga maksimal bosim ötkaziş böyiça yangi strategiya işlab çiqmoqda. Uning doirasida ikkita yondaşuv taqdim etiladi. Birinçisi, Yaqin Şarqqa qöşimça samolyotlar, kemalar va harbiy xizmatçilarni jönatiş, Isroilga bunkerga zarba beruvçi ilğor qurollarni sotiş va Tehronni muzokaralar stoliga ötirişga majburlaş uçun sanksiyalar kiritiş. Ikkinçi yondaşuv esa, AQŞning Eronga qarşi kuç işlatiş tahdidini Eron iqtisodiyotiga katta zarar yetkazadigan sanksiyalar bilan birlaştirib, xuddi şunday natijaga erişiş. Biroq, Tramp qaysi variantni tanlaşi aniq emas.
Gazeta, şuningdek, siyosatçi özining birinçi prezidentlik muddati tugaşi bilanoq, xalqaro inspektorlar Tehronda parçalanuvçi moddalar hajmi köpaygani haqida xabar berganidan söng, Eronga profilaktik zarbalar beriş haqida öylaganini ham yozdi. Keyinçalik Tramp zarba beriş variantini jiddiy körib çiqqanini rad etgan.
Ötgan hafta, gazetaning qayd etişiça, Amerika razvedkasi Eronda 12 dan ortiq yadroviy bomba yiğiş uçun materiallar borligini ma’lum qilgan. Garçi razvedka ma’lumotlariga köra, Eron hali bunga kirişmagan bölsa-da, bomba işlab çiqarişga yaxşiroq tayyor. Avvalroq AQŞ rasmiylari Eron yadro qurolini joylaştirişi uçun bir neça oy vaqt qolganini taxmin qilgan edi.
12 dekabr kuni The Times of Israel naşri manbalariga tayanib, Isroil harbiy-havo kuçlari Eron yadroviy inşootlariga zarba berişga hozirlik körayotgani haqida xabar berdi.












