Bahraynda yakuniga yetib borayotgan oğir atletika böyiça jahon çempionatida Özbekiston erkaklar terma jamoasi öz iştirokini tugatdi. Yigitlarimizning çiqişiga Olimpiada çempioni Ruslan Nurudinov ajoyib nuqta qöyib berdi.
-109 kg vazn toifasida iştirok etgan yurtdoşimiz dast kötariş maşqida 182 kg bilan beşinçi örinni band etgan bölsa ham, siltab kötariş dasturida yuksak mahorat körsatib, 242 kg bilan 3 yil avval Toşkentda özi örnatgan jahon rekordini yangilaşga erişdi.


Şu tariqa, uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini heç bir atlet yangilay olmadi va Nurudinov uçinçi bor ikki kuraş böyiça jahon çempionligiga erişdi.

Dast kötariş yönalişida oltin medalga ega çiqqan Şarofiddin Amriddinov siltab kötarişda 212 kg bilan oltinçi, umumiy hisobda esa 396 kg bilan beşinçi böldi. Şundan bölsa ham, barça yönalişlardagi oltin medallar Özbekiston terma jamoasi vakillariga nasib etdi.
Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasi uşbu dunyo birinçiligida qölga kiritgan medallari 3 ta oltin, 1 ta kumuş va 2 ta bronzaga yetdi.











