Yaqin Şarq va Şimoliy Afrikadagi birinçi va eng yirik arzon narxlardagi Air Arabia aviakompaniyasi Birlaşgan Arab Amirliklarining Ras-al-Hayma şahri va Toşkent örtasida yangi yönaliş oçganini e’lon qildi.
Parvozlar Ras-al-Hayma xalqaro aeroportini Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti bilan boğlaydi va 27 dekabrdan boşlab, har hafta juma kunlari amalga oşiriladi.
Bu haqda Air Arabia guruhi boş direktori Odil Al-Aliy şunday dedi: «Biz Özbekiston poytaxti Toşkentga töğridan-töğri reyslar yölga qöyilgani, bu esa Ras-al-Haymadan ösib borayotgan tarmoğimizni yanada kengaytirilganini e’lon qilişdan mamnunmiz. Uşbu yangi marşrut bizning sayyohlik taklifimizni rivojlantiriş va yölovçilarimizga işonçli va arzon havo sayohatlarini taklif qilişni davom ettirişga sodiqligimizni aks ettiradi».
Toşkentga yangi yönaliş qöşilişi bilan Air Arabia endi Ras-al-Haymadan sakkizta şaharga, jumladan Qohira (Misr), Islomobod (Pokiston), Lohur (Pokiston), Peşovar (Pokiston), Jidda (Saudiya Arabistoni), Kalikut (Hindiston) va Moskvaga (Rossiya) parvoz qiladi. Bundan taşqari, hozir aviataşuvçi Şarja va Abu-Dabidan Toşkentga töğridan-töğri reyslarni amalga oşirmoqda.












