Dunyodagi eng yirik A23a aysbergi Skotiya dengizidagi tuzoqdan çiqib, Janubiy okean tomon harakatlanişni boşladi, deb xabar beradi Daily Mail.

Olimlar A23a maydoni deyarli tört ming kvadrat kilometrni taşkil etişini taxmin qilgan. Bu Nyu-Yorkning maydonidan uç baravar (taxminan 780 kvadrat kilometr), Moskva maydonidan esa 1,6 baravar (taxminan 2500 kvadrat kilometr) katta.

«A23a yana harakatni boşlaganini köriş quvonçli. U Antarktidadan ajralgan boşqa yirik aysberglar yönalişida ketiş yoki ketmasligini kuzatiş qiziq. Eng muhim jihati uning mahalliy ekotizimga qanday ta’sir körsatişida», — deydi okeanograf Endryu Meyyers.

A23a aysbergi Antarktida sohillaridan 1986 yilda ajralib çiqqan, biroq köp ötmay Veddell dengiziga «tiqilib qolgan». Öttiz yil davomida u statik «muz oroli» sifatida turgan, joyidan qimirlamagan. 2020 yilga kelib u yana harakatlanişni boşlagan. Aprel boşlarida A23a Antarktidaning sirkumpolyar oqimiga kirib qolgandi — bu Yer yuzidagi barça daryolarda oqadigan suvdan yuz barobar köproq suvni aylantiradigan ulkan kuç hisoblanadi.

Avgustda esa u Antarktida şimolidagi joyida bir neça oydan beri aylanayotgani, aslida esa ulkan muz bölagi eng kuçli okean oqimi orqali harakatlanişi kerakligi töğrisida xabar berilgandi.