Strategik islohotlar agentligi direktori Bahodir Rahmatov raisligida tungi iqtisodiyotni rivojlantirişga doir takliflar işlab çiqişga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.
Tadbirda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Transport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Soliq qömitasi, Turizm qömitasi, Statistika agentligi, Toşkent şahri hokimligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari iştirok etdilar.
Uçraşuv boşida tungi iqtisodiyotni rivojlantirişning ahamiyati va dolzarbligi, mazkur yönalişning iqtisodiy ösişni rağbatlantiriş, iş örinlari yaratiş va Özbekistonning turistik jozibadorligini oşirişdagi ulkan salohiyati alohida ta’kidlandi. Bundan taşqari, AQŞ, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Turkiya tajribasi, jumladan, 24/7 rejimida işlaydigan köçalar misolida muvaffaqiyatli loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Muzokaralar davomida idoralar vakillari tungi iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun zarur bölgan şart-şaroitlarni yaratiş böyiça asosiy takliflarni bildirişdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakili tungi iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun yagona talablar va standartlarni işlab çiqiş muhimligini ta’kidladi. Bu, öz navbatida, tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tartibga solişga, aniq va şaffof qoidalarni joriy etişga, şuningdek, uşbu sohada yangi iştirokçilar oqimini rağbatlantirişga xizmat qiladi.
Içki işlar vazirligi vakili tungi iqtisodiyot sohasi uçun alohida organ yoki tarkibiy bölinma taşkil etişni taklif qildi. Mazkur fikrga köra, markazlaşgan muvofiqlaştiriş tizimi yuzaga keladigan muammolarga, xususan, tungi vaqtda huquq-tartibotni ta’minlaş va xavfsizlikni mustahkamlaş masalalariga tezkor javob beriş imkonini beradi.
Savdo-sanoat palatasi va Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari tungi iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun maxsus hudud ajratiş imkoniyatini körib çiqişni taklif qilişdi. Uçraşuv iştirokçilarining fikriga köra, bu qulay infratuzilmani yaratiş, barqaror raqamli xizmat körsatişni ta’minlaş, şuningdek, xavfsizlik, xizmatlar uçun tölov va taşrif buyuruvçilar oqimini boşqariş kabi jarayonlarni monitoring qiliş va nazorat qiliş uçun zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş imkonini beradi.
Uçraşuv yakunida barça vazirlik va idoralar vakillariga Özbekistonda tungi iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça aniq takliflarni işlab çiqiş vazifasi yuklatildi. Uşbu iş doirasida asosiy yönalişlar, jumladan, huquqiy tartibga soliş, xavfsizlikni ta’minlaş, transport infratuzilmasini takomillaştiriş va xususiy investitsiyalarni jalb qiliş masalalari aniqlanadi.












