Yevropaning ön ikki davlati – Germaniya, Buyuk Britaniya, Polşa, Niderlandiya, beşta Şimoliy Yevropa davlati va Boltiqböyi böyining uçta davlati – Rossiya G7 tomonidan belgilangan narx çegarasini çetlab ötib, neft eksport qiladigan soyadagi flotiga qarşi kuraşiş böyiça hamkorlik qilişga kelişib oldi. Bu haqda 16 dekabr, duşanba kuni Estoniya hukumati saytida çop etilgan qöşma bayonotda aytiladi.

Estoniya boş vaziri Kristen Mixalning fikriça, Rossiyaning soyadagi floti Yevropa xavfsizligi, iqtisodiyoti va atrof-muhitiga tahdid solmoqda. «Soyada faoliyat yuritişni tanlaganlar oqibatlarga tayyor bölişlari kerak. Biz Rossiyaning soyadagi flotini uşlab turiş va sanksiyalarni çetlab ötişga urinişlarning oldini oliş uçun muvofiqlaştirilgan çoralarni körmoqdamiz», — dedi Mixal.

Tallinda bölib ötgan Qöşma ekspeditsiya kuçlari davlat rahbarlarining yiğilişida qabul qilingan bayonotda, xususan, olti davlat – Buyuk Britaniya, Daniya, Şvetsiya, Polşa, Finlandiya va Estoniya endi La-Manş, Daniya böğozlari va Fin körfazi orqali ketayotgan şubhali kemalarning suğurta hujjatlarini tekşirişi aytiladi. Töplangan ma’lumotlar, şu jumladan sörovlarga javob berişdan boş tortgan kemalar haqida xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tahlil qilinadi.

Uşbu çora-tadbirlar yordamida ön ikki mamlakat nafaqat Rossiya Federatsiyasining Ukrainada uruş olib borişiga imkon beruvçi energiya eksportidan tuşadigan daromadini çeklaşni, balki mintaqaning ekologik xavfsizligini oşirişni ham kutmoqda. Ekologlar «neft floti»ning 200 ga yaqin tankeri eskirganligini va ular foydalanişdan çiqarilişi kerakligini aniqladilar. Ular sönggi yillarda bir neçta neftning tökilişiga sabab bölgan.

London RFning «soyadagi floti»ga qarşi eng katta çoralar paketini kiritdi

Buyuk Britaniya hukumati Rossiyaning «soyadagi floti»ga kiruvçi yana 30 ta kemani sanksiyalar röyxatiga qöşib, ularning sonini 73 taga yetkazdi. Bu Londonning Rossiya tomonidan foydalaniladigan tankerlar va yuk kemalariga nisbatan joriy qilgan «eng yirik sanksiya paketi»dir. 25 noyabr kuni Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Lemmi Ukrainaga qarşi davom etayotgan uruşni moliyalaştiriş uçun neft embargosi ​​va eksport tovarlariga nisbatan boşqa jazo çoralari çetlab ötilganini aytdi.

Röyxatda, boşqalar qatorida, Rossiya bayroği ostida yuruvçi Anatoly Kolodkin, Antarktika, Belgorod, Bratsk, Georgy Maslov, Kemerovo, Kolomna, Krasnoyarsk, Viktor Bakaev kabi kemalar ham bor. Bundan taşqari, Panama, Gabon, Serra-Leone, Liberiya va boşqa bir qator davlatlar bayroqlari ostida suzayotgan kemalar qora röyxatga kiritilgan.