Tadbirda Möğuliston elçisi Daadanxuu Batbaatar va elçixona xodimlari, şuningdek, filologiya fanlari doktori, dotsent Anvar Böranov, özbek tilşunosligi sohasidagi yetakçi olim, filologiya fanlari doktori Hamidulla Dadaboyev iştirok etdi.
Uçraşuvda Özbekistonda möğulşunoslikning bugungi holati va mavjud muammolar haqida söz yuritilib, iştirokçilar bilan bu boradagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Möğulça-özbekça luğat yaratiş, ikki davlat hududlarida qöşma etnografik va toponimik tadqiqotlar olib boriş, tilşunoslik sohasida mutaxassislarni tayyorlaş maqsadida Toşkent davlat şarqşunoslik universitetida "Möğulşunoslik" kafedrasini oçiş kabi bir qator muhim taşabbuslar xususida fikr almaşildi.
Möğuliston elçisi özbek olimlarining möğulşunoslik sohasidagi taşabbuslari muhimligini qayd etgan holda, ularning ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasini e’tirof etdi. Mamlakatlar tarixiy manbalar va moddiy merosni örganiş, asrab-avaylaş va röyxatga oliş masalalariga faol e’tibor qaratayotgan zamonaviy dunyoda xalqlar özining muştarak tarixiga oid işonçli ma’lumotlarni kelajak avlodlarga yetkazişi muhim ahamiyat kasb etişi alohida ta’kidlandi. Bu jarayonda olimlar va tadqiqotçilarning örni muhim ekanligi aytib ötildi.
Tadbir yakunida Özbekiston vakillari elçixonaga öz asarlarini taqdim etişdi. Öz navbatida, möğul diplomati iştirokçilarga ikki davlat örtasidagi döstlik ramzi – "Altan gerege"ni sovğa qildi.













