Raqobat qömitasi Uzbekistan Airways AJ va Uzbekistan Helicopters MÇJni (tovar belgisi Silk Avia) ustun mavqega ega deb topdi. Bu haqda 13 dekabr kuni qömita raisining tegişli buyruği çiqarilgan.

Ma’lum qilinişiça, Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Helicopters’ning mahalliy yönalişlarda yölovçi taşişdagi uluşi 40 foizdan ortiqni taşkil etadi. 

Şuningdek, Uzbekistan Airways xalqaro yönalişlarda yölovçi, yuk va poçta taşiş xizmati bozorining 40 foizdan ortiğini egallaydi.

«Raqobat töğrisida»gi qonunning 13-moddasiga asosan yuqoridagi taşkilotlar ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan.

Iqtisodiy konsentratsiya va iqtisodiyotda davlat iştirokini nazorat qiliş boşqarmasiga 3 kun içida Uzbekistan Airways hamda Uzbekistan Helicopters kompaniyalariga tegişli xabarnoma yuboriş buyurilgan.

Ma’lumot uçun, ustun mavqe bu – tovar yoki moliya bozorida xöjalik yurituvçi sub’yektning yoxud şaxslar guruhining raqobatlaşuvçi xöjalik yurituvçi sub’yektlarga boğliq bölmagan holda unga öz faoliyatini amalga oşiriş va raqobatning holatiga hal qiluvçi ta’sir körsatiş, tegişli bozorga boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlarning kirişini qiyinlaştiriş yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boşqaça tarzda çeklaş imkoniyatini beradigan holat.

Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi:

  • agar xöjalik yurituvçining yoki şaxslar guruhining raqobatçilari mavjud bölmasa;
  • agar xöjalik yurituvçining yoxud şaxslar guruhining bozordagi uluşi 40 foizni va undan ortiqni taşkil etsa;
  • agar xöjalik yurituvçi yoki şaxslar guruhi tabiiy monopoliya sub’yekti deb e’tirof etilsa;
  • agar xöjalik yurituvçiga yoki şaxslar guruhiga muayyan tovarlarni işlab çiqariş yoki realizatsiya qiliş yoxud oliş uçun belgilangan tartibda mutlaq va eksklyuziv huquq berilgan bölsa.