Noma’lum obektlar Nyu Jyersi osmonida. 2024 yilning 5 dekabri. Foto: Trisha Bushey / AP 

Sönggi haftalar içida AQŞ şarqiy sohilidagi bir qança hududlarda noma’lum dronlar kuzatilayotgani haqida xabar qilinmoqda. Ularning parvozlari aholi yaşaş joylari, taqiqlangan hududlar va muhim infratuzilma obektlari uzra amalga oşirilgan.

CNN ma’lumotiga köra, uşbu dronlar kamida olti ştatda — Nyu Jyersi, Nyu York, Konnektikut, Pensilvaniya, Virjiniya va Ohayo hududlarida qayd etilgan. Bundan taşqari, Massaçusets va Kaliforniyadagi suratga oliş taqiqlangan hududlar yaqinidagi dron parvozlari sababli ayrim şaxslar hibsga olingan.

Federal aviatsiya boşqarmasi ma’lumotiga köra, ilk şikoyatlar 18 noyabr kuni, Nyu Jyersi ştatidagi Morris okrugida dronlar kuzatilganidan söng kelib tuşgan. Keyinçalik, dronlar har keça kuzatilayotgani qayd etilgan.

The Wall Street Journal ma’lumotiga köra, uşbu dronlar, ötgan yili Virjiniyada milliy xavfsizlik uçun muhim obektlar yaqinida körilgan dronlarga öxşaş bölgan. Uşbu hodisalar jamoatçilik orasida xavotirlarga sabab bölib, hukumat organlari bu masalani çuqurroq örganmoqda.

Pilotsiz uçar jismlar qayerlarda körindi?

Noma’lum dronlarning harakatlari faqat aholi turar joylarida emas, xavfsizlikka doir hududlarda ham kuzatilgan.

Dronlar paydo bölişi ortida kimlar turgani va ularning parvozidan közlangan maqsad haqida hanuz biror aniq ma’lumot yöq. Ular köplab hududlarda, şu jumladan, Nyu Yorkda, boşqa ştatlarda va hatto boşqa mamlakatlarda ham kuzatilmoqda.

Önlab odamlar 18 noyabrdan buyon Nyu Jyersi osmonida dronlarni körganini aytişgan

Dronlar qayd etilgan asosiy joylar quyidagilar:

  • Nyu Jyersi: 18 noyabrdan boşlab bir neça dron «Pikatinni Arsenali» yaqinida va Bedminster şahridagi Donald Trampga tegişli golf maydoni atrofida parvoz qilgan.
  • Nyu York: 12 dekabrda bir neça dron Bronks hududi ustida köringan.