Rossiya FXX xabarida aytilişiça, terakt taşkilotçisi Ukraina maxsus xizmati bölib, ular ijroçiga 100 ming dollar mukofot hamda Yevropa Ittifoqiga çiqarib qöyişni va’da qilgan.

Rossiya Tergov qömitasi FXX va IIV hamkorligida Özbekistonning 29 yoşli fuqarosini terrorçilik hujumi sodir etişda gumon qilib, qölga oldi. U 17 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaa qöşinlari boşliği Igor Kirillov va uning yordamçisi Ilya Polikarpovning öldirilişida gumonlanmoqda.

Mahalliy naşrlar yozişiça, u söroq paytida Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan yollangani, buning uçun 100 ming dollar miqdorida pul mukofoti va Yevropa davlatlaridan biriga yaşaş uçun çiqişi kafolatlanganini aytgan.

«U Ukraina maxsus xizmatlarining körsatmasi bilan Moskvaga kelgan va qölda yasalgan portlovçi moslamani Igor Kirillov yaşagan turar joy binosiga kiraverişida turgan elektr skuteriga qöygan. Harbiy xizmatçining yaşaş joyini kuzatiş maqsadida u avtomaşina ijaraga olib, u yerda videokuzatuv kamerasini örnatgan. Uşbu kameradan olingan kadrlar Dnepr şahridagi terakt taşkilotçilariga onlayn tarzda uzatib turilgan. Harbiy eşikdan çiqib ketayotgani haqida videosignal olinganidan keyin portlovçi qurilma masofadan turib işga tuşirilgan», — deyiladi Rossiya tergov qömitasi bayonotida.

Şuningdek, uşbu jinoyatni uyuştirişga aloqador boşqa şaxslar aniqlanmoqda. «Kommersant», RBK, «Izvestiya» naşrlari hamda «112» telegram-kanali ikkinçi gumonlanuvçi ham qölga olinganini yozmoqda.

Mahalliy telegram-kanallarda hibsga olingan şaxsni söroq qiliş jarayoni aks etgan video tarqatildi.

«Men Ukraina maxsus xizmatlari topşiriği bilan Moskvaga keldim. Keyin samokat sotib oldim. Bir neça oydan keyin bomba uçun buyumlar keldi, ularni oldim. Keyin hamma narsani tayyorlab, general yaşaydigan uy yoniga qöyişdi. Keyin u uydan çiqqaç, tugmaçani bosdim. Nega bunday qildim, nima uçun? Menga 100 ming dollar va Yevropa pasporti taklif qilişdi», — deydi gumondor.

Shot va Baza ma’lumotlariga köra, generalni öldirişda gumon qilinayotgan şaxsning ismi — Ahmad Qurbonov. U Balaşixda yaşagan va Moskva yaqinidagi Çernoye qişloğida qölga olingan.