Raketa AQŞ Kosmik kuçlarining Kanaveral burnida joylaşgan 40-start majmuasidan uçirilgan. Sun’iy yöldoş uçirilganidan 1,5 soat ötib Yerdan ming kilometrdan balandroq orbitaga çiqarilgan. Şundan keyin u mustaqil ravişda taxminan 20 ming kilometr balandlikdagi örta Yer orbitasiga çiqadi.
Şu bilan birga, törtinçi marotaba foydalanilgan Falcon 9 taşuvçi raketasining birinçi köp martalik poğonasi startdan 8,5 daqiqa ötib, Atlantika okeanidagi A Shortfall of Gravitas suzuvçi platformasiga vertikal ravişda qönişni amalga oşirgan.
AQŞ Harbiy-havo kuçlarining oğirligi 3,8 tonnaga yetadigan GPS III sun’iy yöldoşi 2018 yildan beri uçirilgan yangi avlod apparatlarining yettinçisiga aylandi. U ayni vaqtda butun dunyo böylab GPS signallarini taqdim etayotgan 32 ta apparatdan iborat guruhning navbatdagi elementi hisoblanadi.
GPS III sun’iy yöldoşlari kuçli signalga ega bölib, fuqarolik obektlari joylaşgan hududni boşqa apparatlardan köra uç barobar aniqlikda körsata oladi — 3 metrdan 10 metrgaça. Bugungi kunda AQŞ Harbiy-havo kuçlari operatori bölgan GPS xizmatlaridan 4 milliarddan ziyod inson foydalanadi.
Yangi sun’iy yöldoşlarni işlab çiqariş bilan Lockheed Martin Lockheed Martin korporatsiyasi şuğullanmoqda. Har bir sun’iy yöldoşning qiymati 577 million dollarni taşkil etadi. Yangi avlod sun’iy yöldoşlari 15 yil davomida xizmat körsatişi mumkin.












