Rossiya prezidenti Vladimir Putin jonli muloqot çoğida hozirda Yevropada turgan havo hujumidan mudofaa vositalari «Oreşnik» tizimi raketalarini urib tuşira olmasligini aytdi. 

Ballistik raketa haqidagi savolga javoban u buning uçun «heç kimda heç qanday imkon yöqligi»ni ta’kidladi. 

U Ğarbdagi «Oreşnik»ning imkoniyatlariga işonmayotgan ekspertlarga «XXI asrning yuqori texnologiyali dueli» ötkazişni taklif qilgan. 

«Agar ğarblik ekspertlar şunday [„Oreşnik“ni urib tuşiriş mumkin deb] taxmin qilayotgan bölsa, unda bizga va ularga pul tölayotgan Ğarbdagilarga, AQŞga qandaydir texnologik tajriba, XXI asrning yuqori texnologiyali duelini ötkazişni taklif qilişsin. Yöq qiliş uçun, masalan, Kiyevdagi qandaydir obektni belgilaşsin, öşa yerga özlarining barça havo hujumidan mudofaa va raketa hujumiga qarşi mudofaa vositalarini jamlaşsin, biz esa u yerga „Oreşnik“ bilan zarba beramiz. Va nima bölişini köramiz. Biz bunday eksperimentga tayyormiz. Narigi tomon ham tayyormikin? <…> Biz uçun bu qiziqarli böladi. <…> Bunday eksperiment, şunday texnologik duel ötkazamiz va nima bölişini köramiz. Öylaymanki, biz uçun ham, Amerika tomoni uçun ham foydali böladi», — degan Putin.

21 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin RF qurolli kuçlari örta masofali «Oreşnik» ballistik raketa tizimini qöllagan holda Dnipro böylab zarba yöllaganini ma’lum qilgandi. U Rossiya Ukraina qurolli kuçlari ğarbning uzoq masofali raketalarini özining içki hududlariga uçirayotganiga javoban şunday qarorga kelinganini aytgandi. Keyinroq Putin «Oreşnik» raketalari yoppasiga qöllanganida zarba kuçi «yadroviy qurol qöllaşnikiga teng bölişi»ni aytdi.