Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad al-Şar’a mamlakat uruşlar natijasida holdan toygani va endi öz qöşnilari yoki Ğarbga xavf tuğdirmasligini aytdi. U Damaşqda BBC uçun bergan intervyusida Suriyaga qarşi sanksiyalarni bekor qilişga çaqirgan.

Al-Şar’a yaşin tezligida keçgan va ikki haftadan kamroq vaqt içida Başar Asad rejimi ağdarilişiga olib kelgan yurişga boşçilik qildi. U isyonçilar alyansidagi asosiy kuç bölgan «Hay’at Tahrir aş-Şom» guruhi rahbari bölib, bunga qadar Abu Muhammad al-Jölaniy taxallusi bilan tanilgandi.
U Hşni terrorçilik taşkilotlari röyxatidan çiqariş lozimligini aytgan. BMT, AQŞ, Yevroittifoq, Buyuk Britaniya, Rossiya va boşqa köplab mamlakatlar guruhni şunday röyxatiga tirkagan — Hş öz faoliyatini 2016 yilda «Al-Qoida» taşkilotidan ajralib çiqqan holda boşlagandi.
Ahmad al-Şar’a «Hay’at Tahrir aş-Şom» terrorçilik guruhi emasligini ta’kidlagan.
«Ular tinç aholiga yoki fuqarolar yaşaydigan hududlarga hujum qilmadi. Aslida, ular özini Asad rejimi jinoyatlari qurboni deb hisoblaydi. Qurbonlarga esa tajovuzkorlarga qilinadigan munosabat körsatilmasligi lozim», degan isyonçilar yetakçisi.
Al-Şar’a Suriyani ikkinçi Afğonistonga aylantirişi mumkinligi haqidagi şubhalarni rad etgan.
U bu mamlakatlar turliça va turli an’analarga ega ekanini ta’kidladi. «Afğoniston — qabila jamiyati. Suriyada esa boşqaça mentalitet mavjud», degan al-Şar’a. U ayollar ta’limi zarurligiga işonişini aytgan.
«Idlibdagi universitetlarimiz sakkiz yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritmoqda. Fikrimça, bu universitetlarda ayollarning uluşi 60 foizdan yuqori», deydi al-Şar’a.
Suriyada alkogolga ruxsat berilişi ehtimoliy haqidagi savolga javoban şunday degan: «Şunçaki men gapiriş huquqim bölmagan köp narsa bor, çunki bular — yuridik masalalar».
Al-Şar’a Suriyada huquqşunoslardan iborat qömita taşkil etilib, u yangi konstitutsiyani işlab çiqişini aytgan: «Qaror qabul qiliş ularning vazifasi. Va har qanday hukmdor yoki prezident qonunga rioya etişi şart», dedi u.









