Jizzax viloyatiga tayinlangan yangi hokim, Qaşqadaryoda is gazi qurboniga aylangan oila, Navoiydagi maktabda vafot etgan öquvçilar va Al-Azhar universiteti bilan imzolangan memorandum — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
Özbekiston prezidentining farmoni bilan Uluğbek Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi. U 2019 yildan hozirgaça «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelayotgan edi.
U 1968 yil 14 avgustda Jizzax viloyatida tuğilgan va 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini «Moliya va kredit» mutaxassisligi böyiça tamomlagan.
Mustafoyev öz mehnat faoliyatini bank sohasida boşlab, bir qator mas’uliyatli lavozimlarda işlagan. 2010–2016 yillarda Özbekiston Markaziy banki raisining birinçi örinbosari, 2016–2017 yillarda Jizzax viloyati hokimi birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2017 yildan 2019 yilgaça «Özbekenergo» AJ boşqaruvi raisi bölib işlagan, 2019 yildan hozirgaça «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boşqaruvi raisi lavozimida işlagan.
Jizzax viloyatiga 2017 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Ergaş Soliyev boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimdan ozod etildi.
Navoiyda vafot etayotgan maktab öquvçilari
Karmana tumanidagi 30-umumta’lim maktabida şu yilning özida uç nafar öquvçi vafot etdi.
18 dekabr kuni 9-sinf öquvçisi (öğil bola) özini osib, joniga qasd qildi. Bir oy avval — 18 noyabr kuni şu maktabning 11-sinf öquvçisi (qiz bola) ham öz joniga qasd qilgan edi. Qizning ota-onasi şu maktabda öqituvçi bölib işlaydi.
Şuningdek, 24 may kuni 6-sinf öquvçilari dars paytida çömilişga borganida, ulardan biri suvga çökib halok bölgandi.
Uşbu qayğuli hodisalar böyiça hozirgaça rasmiy munosabat bildirilmagan. Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi holatlar yuzasidan suriştiruv işlari davom etayotganini ma’lum qilgan. Ammo natijalar haqida qöşimça ma’lumot taqdim etilmadi.







