Vakolatxonaning Immigratsiya işlari böyiça rahbari Vong Vey-ki Ksariyer bilan konsullik – huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlikka oid masalalar, Hongkong maxsus ma’muriy hududida mavjud migratsiya qoidalari, xususan ikki tomonlama sayyohlik almaşinuvini rivojlantiriş böyiça istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Muzokaralar çoğida, şuningdek, Hongkong maxsus ma’muriy hududining viza siyosati, tomonlar fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş hamda Özbekiston va Hongkong örtasidagi sohaga oid me’yoriy-huquqiy bazani kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

2021 yil 1 martdan boşlab Özbekistonda xitoyliklar, şu jumladan, Xitoyning maxsus ma’muriy hududlari – Hongkong va Makao fuqarolari uçun 10 kungaça vizasiz rejim amal qilib kelayotgani ta’kidlandi. Şuningdek, joriy yil 1 dekabr kuni Çendu şahrida "Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati bilan Özbekiston Respublikasi Hukumati örtasida özaro vizadan ozod qiliş töğrisida"gi bitim imzolanganligi ma’lum qilindi. Hozirda mazkur hujjat kuçga kirişi uçun zarur bölgan davlat içki huquqiy protseduralaridan ötkazilayotganligi qayd etildi.

Bundan taşqari, Özbekiston tomoni öz fuqarolari uçun Hongkong maxsus ma’muriy hududi bilan viza talablaridan özaro ozod etiş töğrisida kelişuvga erişişni maqsad qilgani bildirildi.

"Hongkong tomoni ham Özbekiston bilan barça sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlaş, amaliy natijadorlikni oşiriş, xususan, özaro fuqarolar almaşinuvini kengaytiriş va turizm sohasini izçil rivojlantirişdan birdek manfaatdor", dedi u.

Sohaga oid oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etiş böyiça muloqotni davom ettirişga kelişib olindi.