Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş böyiça joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yiğilişi hamda yetakçi tadbirkorlar bilan muloqot boşlandi.
Turizm sohasida ham katta işlar qilindi. Tadbirkorlarning 6,5 trillion söm sarmoyasi bilan 24 ming örinli mehmonxonalar işga tuşdi.
Kelgusi yilda mehmon örinlari yana 30 mingga oşadi. Tadbirkorlar bunga 10 trillion söm investitsiya kiritişga tayyor.
Bu yil işga tuşgan 17 ta yirik savdo va turistik maskanga qöşimça yana 25 ta şunday majmua qöşiladi.
Böstonliqda 10 milliard dollarlik Sea Breeze nomli yirik markaz qurilişini boşlaşga kelişib olindi. Şuningdek, mamlakatimizga dunyoning nufuzli Swissôtel, Sheraton, Ritz-Carlton, Novotel, Pullman, Marriott, ibis, Mercure kabi 23 ta mehmonxona brendlari kirib kelyapti.
Savdoni rivojlantiriş böyiça alohida kompaniya oçilib, eksportni moliyalaştiriş uçun 350 million dollar ajratildi. Natijada berilgan har 1 dollar hisobiga tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi.
Kelgusi yilda bunga yana 300 million dollar berilişi belgilandi.













